Intel kompaniyasi 5.5 gigagertsli Core i9-12900KS protsessorini taqdim etdi

Intel kompaniyasi 5.5 gigagertsli Core i9-12900KS protsessorini taqdim etdi

Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro SEC 2022 tadbirida Intel kompaniyasi 12 avlod 5.5 gigagertsli protsessorni taqdim etdi. Ushbu protsessor KS seriyasiga mansub bo‘lib, uning to‘liq nomi Core i9-12900KS. 

Taqdimot vaqtida Intel Hitman 3 bilan ishlaydigan konfiguratsiya demosini namoyish etdi va protsessorning barcha 8 ta yadrosi 5.2 gigagertsli chastotada ishlashni davom etdi. 

Albatta, xuddi standart Core i9-12900K kabi, ushbu protsessor ham quvvatni tejaydigan 8 ta E-yadroga ega. Taqdimotda protsessorning harorat yoki quvvat sarfi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.

Shuningdek, ushbu protsessorning qachon sotuvga chiqarilishi haqida ham hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: Nvidia kompaniyasi RTX 3080, RTX 3070 grafik protsessori va RTX 3050 grafik kartasini taqdim etdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!