Intel'ni ortda qoldirmoqchi bo‘lgan brend

  •   Saroy
  •  881
  •  06.06.2018 12:40

Intel'ni ortda qoldirmoqchi bo‘lgan brend

Yaqindagina Intel o‘zining 28 yadroli chipi haqida hikoyasini boshlagandi, AMD shu zahotiyoq javob zarbasini berdi. Computex 2018 ko‘rgazmasida  «qizillar» o‘zining 32 yadroli Ryzen Threadripper protsessorining ikkinchi avlodini namoyish qildi.

O‘QING: AMD «to‘rttasi bittada» EPYC 7000 protsessorlarini taqdim etdi

Yangi AMD Ryzen Threadripper 12-nanometrli texprotses bo‘yicha chiqadi va u Zen+ bazasidagi to‘rtta sakkizyadroli kristal  Pinnacle Ridge bilan jihozlangan. 32-yadroli protsessor 64 yo‘riqnoma oqimi bilan qo‘llab quvvatlangan  va birinchi avlodda ishlatilgan, o‘sha TR4 soketi o‘rnatiladi. Kompaniya qurilmaning yanada yuqori takt chastotasiga egaligini hamda energiya samaradorligi  avvalgisidan ancha  yaxshilanganini alohida ta’kidlashmoqda. Ammo, chiplar haqida to‘la tavsif keyinroq ma’lum qilinadi deyishmoqda.

AMD 32-yadroli Ryzen Threadripper 2 ni 2018 yilning uchinchi choragida chiqarishni rejalashtirgan, ya’ni Intelning 28 yadroli monstridan biroz avvalroq. Umuman olganda, kompaniya otni qamchilab to‘g‘ri qiladi, chunki raqobatchidan ortda qolish yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Kompaniya hozircha yangi mahsulot narxini oshkor etmayapti.

O‘QING: Videokartalar bozori o‘sishda davom etmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!