Intel protsessorli bu monoblok kompyuterni atigi 99 dollarga olish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  1410
  •  06.05.2020 10:28

Intel protsessorli bu monoblok kompyuterni atigi 99 dollarga olish mumkin! (+video)

Indiegogo kraudfanding platformasida antiqa kompyuter – monoblok form-faktoridagi Gole11 uchun pul yig‘ilmoqda. Oldindan buyurtma berishda uning narxi 199 AQSh dollariga teng, lekin dastlabki xaridorlar uni bor-yo‘g‘i 99 dollar evaziga olishlari mumkin!

O‘QING: Eng kuchli kompyuter xaridida endi 1000 dollardan 4000 dollargacha tejash mumkin!

Gole11 modelini monoblok yoki smart-displey deyish mumkin, ishlab chiqaruvchi esa uni Celeron protsessori, 11,6 dyuymlik ekran va Windows 10 tizimli eng arzon shaxsiy kompyuter, deb atamoqda. Chindan ham, ochiq savdoga chiqarilganida uni 250 dollarga olish mumkin bo‘ladi!

Mazkur kompyuterning korpusi 283x177x73 millimetrlik o‘lchamga va 1,25 kilogrammlik vaznga ega. Sensorli displeyi ham shunga yarasha – 1920x1080 piksellik. Monoblok turli portlarga boy: microSD sloti, bittadan RJ-45 va HDMI, ikkitadan USB 3.0 va USB 2.0, naq to‘rtta COM porti!

Texnik ta’minotiga kelsak, Gole11 kompyuteri Intel Celeron N3450 protsessoriga, 4 gigabaytlik tezkor va 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega.

O‘QING: x32(x86) va x64 protsessorlari haqida bilasizmi?

Gole11 kompyuterini quyida tomosha qilamiz:

Eslatib o‘tamiz, boshqa kompaniyalar ham o‘ta ixcham va antiqa kompyuterlar namoyish etishgan. Masalan, biz Q-Stick – 8 GB «operativka»li kompyuter-brelok haqida, shuningdek, eng mitti – 1x1 millimetrlik IBM nano-kompyuteri to‘g‘risida ham xabarlar e’lon qilganmiz. Yana dunyodagi eng mitti o‘yin noutbuki, eng mitti noutbuk-planshet kabilar haqida ma’lumotlar berganmiz. Hattoki tashrif qog‘oziga vizitkaga joylangan kompyuter ham chiqqan va juda arzon – 2,88 dollarga baholangan! Atigi 188 dollarlik Odyssey X86J4105800 mini-kompyuteri esa Windows, Linux va Arduino bilan ishlay oladi!

«Oxirzamon kompyuteri» hamda «Oxirzamon operatsion tizimi» haqidagi ma’lumotlardan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Dunyodagi eng mitti mini-kompyuter namoyish qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.