Intel rekord darajada daromad olganini ma’lum qildi

  •   Saroy
  •  498
  •  27.10.2018 16:12

Intel rekord darajada daromad olganini ma’lum qildi

Intel kompaniyasi 2018 yilning uchinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya  rekord darajada foyda olgan. Gap esa,  19,2 milliard dollar umumiy foyda hamda operatsion daromad bo‘yicha 7,3 milliard  dollar haqida bormoqda.

Olingan daromadning katta qismi, ya’ni 10,2 milliard dollar oddiy kompyuterlar uchun protsessorlar savdosidan tushgan. Daromadlarning barchasi, o‘zoq kutilayotgan 10 nanometrli Cannon Lake protsessorining chiqishi kechiktirilayotgani fonida olindi.

O‘QING: AMD Intel’ni ortda qoldiradimi? Shunday bo‘lishi mumkinmi?


Yaqinda Intel 10 nanometrli mahsulotidan butunlay voz kechdi, degan mish-mishlar tarqalgandi. Ammo kompaniya bu xabarga raddiya bildirib, matbuotda chiqish qildi.

Bundan avval, Intel 10-nanometrli Cannon Lake protsessorini 2019 yilda chiqarishni rejalashtiryapti, degan xabar tarqalgandi. Bu esa hisob bo‘yicha, ushbu chipning chiqarilishi uchinchi bor kechiktirilishini bildiradi. Intel’ning top-menejlaridan biri kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarga to‘xtalar ekan,  10 nanometrli chip 2019 yil oxirida savdoga chiqarilishiga ishonch bildirayotganini ma’lum qilgan.

O‘QING: Ulkan avtonom harakatlanadigan kemalar yaratiladi: Rolls-Royce va Intel hamkorligi natija berarmikan?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!