Interaktiv raqamli globus: Yer sayyorasining 750 million yillikkacha bo‘lgan tarixini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  652
  •  09.08.2021 15:35

Interaktiv raqamli globus: Yer sayyorasining 750 million yillikkacha bo‘lgan tarixini tomosha qiling!

Qidiruv giganti Google Earth servisiga Yer sayyorasi so‘nggi 37 yilda qanday o‘zgarganligini ko‘rish imkonini beruvchi Timelapse funksiyasini qo‘shgan. SciTech Daily nomli YouTube-kanal esa sayyoramiz tektonik plitalarining milliard yillik harakatini 40 soniyalik rolik tarzida taqdim etgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Sayyoramizdagi 4 milliard yillik evolyusiyani 4 daqiqalik videoda ko‘ring!

Endi bo‘lsa Yan Vebster ismli olim sayyoramiz tarixini o‘rganishga yordam beruvchi interaktiv raqamli globus yaratdi. Olim bunda G-Plates dasturiy platformasi ma’lumotlaridan foydalangan.

Interaktiv raqamli globus mana bu manzilda joylashgan bo‘lib, sayt yuqori qismida Yerning necha million yil avvalgi holatini aks ettirishni belgilash mumkin. Tegishli davrdagi Yer raqamli globusini sichqoncha bilan «ushlab» aylantirib, o‘sha zamonlarda sayyoramiz yuzasi qanday ko‘rinish kasb etganini tomosha qilasiz.

Olimlarning aniqlashlaricha, 300 million yillar avval sayyoramizda yagona quruqlik – Pangeya nomli superqit’a mavjud bo‘lgan. Taxminan 150-200 million yilcha burun u ikkita – Lavraziya va Gondvana qismlariga ajralgan. Vaqtlar o‘tib borishi bilan, tektonik plitalarning sekin harakati tufayli materiklar paydo bo‘lgan va Yer hozirgi shaklga kelgan.

Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yana taxminan 300 millioncha yildan so‘ng barcha qit’alar Amasiya nomli yagona quruqlikka birlashadi.

O‘QING: Barcha sun’iy yo‘ldoshlar birdaniga o‘chib qolsa, bizni qanday halokat kutadi? (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.