Internet 2023-yilda: statiska va raqamlar

Internet 2023-yilda: statiska va raqamlar

O'tgan 2022-yilda butun dunyo aholisi soni 8 milliarddan oshdi. Bugungi kunga kelib esa ushbu ko'rsatkich 8.1 milliardni tashkil qiladi. Va hozirda ushbu odamlarning 68 foizi yoxud 5.44 milliardi mobil telefonlardan foydalanishadi. Bu o'tgan yilga qaraganda 3 foizga o'sish bo'lib, so'nggi 12 oyda 168 million yangi foydalanuvchilar qo'shilganligini anglatadi. Ushbu ma'lumotlar DataReportal tomonidan tayyorlangan bo'lib, ular 2023-yil yanvariga ko'ra tuzilgan.

Davom etamiz. Ma'lum bo'lishicha, o'tgan yilda butun dunyo Internet foydalanuvchilari soni 1.9 foizga oshgan va ularning soni bugungi kunda 5.16 milliardni tashkil qiladi.

Agar Internet foydalanuvchilarini jinsga nisbatan ajratadigan bo'lsak, butun dunyo erkaklarining 67.2 foizi, butun dunyo ayollarining esa 61.6 foizi Internetdan foydalanishi, ya'ni ayollarga nisbatan ko'proq erkaklar Internetga kirishini bilib olishimiz mumkin.

Xuddi shunday, Internetga kiradiganlarni smartfon va kompyuterdan foydalanadiganlarga bo'lganimizda esa, 92.3/65.6 foiz bilan mobil qurilmasi orqali Internetga kiradiganlar soni sezilarli darajada ko'p ekanligini guvohi bo'lamiz.

Internet aholisi ko'payishi jadvaliga qaraydigan bo'lsak, so'nggi ikki yilda Internetga yangi qo'shilayotganlar soni sezilarli darajada kamaygan. Shunga qaramay, hozirda dunyodagi har 10 ta odamdan 6 tadan ko'pi Internet foydalanuvchisi hisoblanadi.

Kibermakondan foydalanish har bir davlatga ko'ra turlicha: hozirda Internetni 99% qabul qilgan mamlakatlar soni to'rtta bo'lib, bular Irlandiya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va BAA davlatlari hisoblanadi. Butun dunyoda Internetni qabul qilishning o'rtacha foizi 64.4 ni tashkil qiladi.

Dunyodagi gigant IT kompaniyalarning ko'piga hindlar rahbarlik qilishi hech kimga sir emas, lekin shu bilan birga, Internetga ulanmagan dunyodagi eng katta aholi ham hindistonliklar hisoblanadi. Biz o'ta rivojlangan deb biladigan, juda ko'plab taniqli smartfon ishlab chiqaruvchi brendlarni o'z ichiga oladigan Xitoy esa Internetsiz yashaydigan deyarli 375 million odam bilan ro'yxatning ikkinchi o'rnida turadi.

Internetga ulanmagan davlatlar "qiroli" esa, shubhasiz, Shimoliy Koreya – mamlakatda deyarli "Internet" degan narsa mavjud emas. Ro'yxatning keyingi o'rinlarini Janubiy Sudan, Somaliya, Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Efiopiya, Chad, Afg'oniston, Madagaskar va Mozambik

Garchi Markaziy Afrika Respublikasi Internetga ulanmagan davlatlar top o'nligining beshinchi o'rnida bo'lsa ham, Afrika mintaqasi haqida xulosa chiqarishga shoshilmang. Janubiy Afrikadagi Internetga ulanganlar unga bir kunda 9 yarim soatdan ortiq vaqtlarini sarflashadi. Bu ko'rsatkich, ya'ni bir kunda Internetga sarflanadigan o'rtacha butun dunyoda 6 soat-u 37 daqiqani tashkil qiladi. Bir kunda Internetga eng kam vaqt ajratadiganlar esa yaponiyaliklardir: atigi 3 soat-u 45 daqiqa, bir kunda. 

Xo'sh, biz o'zi nima uchun Internetdan foydalanamiz? Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, 16 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar Internetdan asosan ma'lumot topish, yaqinlar bilan aloqada bo'lish, yangiliklardan xabardor bo'lib turish uchun foydalanishadi. Sizchi? "Butun dunyo o'rgimchak to'ri"dan nima maqsadda foydalanasiz.

O'QING: Internet Explorer bizni bizni bir umrga tark etdi