Internet biz kutgandek bo‘lmadi(mi)?

Internet biz kutgandek bo‘lmadi(mi)?

Insoniyatning eng buyuk ixtirolaridan biri bo‘lgan internet biz kutgandek bo‘lmadi.

Yaqinda bu mavzuda The New York Times jurnalida maqola e’lon qilindi. Unda mutaxassislar fikri keltirib o‘tilgan. Bu ma’lumotlarni sizga ham ilindik.

Internetdagi tengsizlik kengayib bormoqda

▪︎“Hashamatli“ internet ommalashib bormoqda.“Oldinlari, onlayn xizmat va tovarlarga pul sarflash soddalik sanalardi. “Aylanma yo‘llar“ni bilmaganlargina internetdagi xizmatlarga pul sarflaydi, deb hisoblanardi. Hozirda esa onlayn xizmatlarga obuna bo‘lish status ramziga aylangan. Yaqin kelajakda esa siz foydalanadigan internet sifati unga qancha pul sarflashingizga bog‘liq bo‘ladi“. -Kevin Ruz

▪︎Amerika ham to‘liqligicha tezkor internet bilan qoplanmagan.“Ma’lumot yuklash tezligi soniyasiga 100 megabit yoki undan yuqoriroqni tashkil etuvchi tezkor internet oxirgi yillarda keng ommalashayotgan bo‘lishiga qaramay, Qo‘shma Shtatlarning shahardan tashqari hududlarida bu hamon muammoligicha qolmoqda. 2016 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika qishloqlarida yashovchi aholining faqat uchdan birida tezkor internetga ulanish imkoni bo‘lgan. Federal kommunikatsiya komissiyasi statistikasiga ko‘ra esa, 2018 yilga kelib ham AQSh qishloqlaridagi 40% aholi tezkor internetga ega bo‘lmagan. Yuqoridagi xaritada aholisining kamida yarmi tezkor internetga ega hududlar bo‘yab ko‘rsatilgan“. -Keti Pik

▪︎Hozircha 5G 5G emas.“Avtobus bekatida turib ham kinolarni striming qilish imkonini beruvchi eng tez mobil internet butun dunyo bo‘ylab faqatgina sanoqli shaharlarda joriy qilingan. Operatorlar o‘zlari taqdim qilayotgan tamoqlarini 5G deb ataydi, lekin ularning hammasi turlicha texnologiyalardan foydalanganliklari sabab bir operator taqdim qiladigan 5G tezligi boshqasinikidan o‘ta katta farq qiladi“, deydi butun dunyodagi mobil va simli internet tezligini kuzatib boruvchi Ookla kompaniyasi vakili Adreyn Blam. Yuqoridagi grafada har bir mintaqaga tegishli aylana u yerda nechta shaharda 5G tarmog‘i borligini ko‘rsatadi“. -Keti Pik

Xitoyda butunlay yangicha internet barq urmoqda

▪︎Milliardlab odamlar ishlatayotgan ilovalar haqida siz hattoki eshitmagansiz ham.“BAT (Baidu, Alibaba va Tencent) nomi bilan tanilgan birinchi avlod Xitoy texnogigantlari internetga faqat kompyuterlar bilan ulanish imkoni bo‘lgan yillarda yaratilgan. Biroq mobil internet rivojlanishi bilan xuddi shunday boshqa bir uchlik - TMD (Toutiao, Meiyuan/Dianping va Didi Chuxing) dunyoga kelib, xitoyliklar hayotining har bir jabhasida o‘zgarish yasadi. Bundan tashqari, ularning ko‘pchiligi go‘yo sakkizoyoq kabi kengayib, bir vaqtning o‘zida bir nechta sohalarni qamrab oldi. Yuqoridagi chizmada xitoyliklar keng foydalauvchi ilovalarning ba’zilari ular bajaradigan funksiyasiga ko‘ra joylab chiqilgan“. - Yiren Lu

▪︎Xitoy interneti butunlay o‘zgacha istiqbolni shakllantirishi mumkin.

“WeChat aslida oddiy chat ilovasi sifatida yaratilgan edi, hozir esa superilovaga aylangan. Oylik faol foydalanuvchilari soni bir milliarddan ortiq platforma endi shunchaki ijtimoiy tarmoq emas - uning yordamida to‘lovlar amalga oshirish mumkin, boshqalar bilan aloqa qilish, istiqbolda uning vositasida onlayn biznes qilish ham mumkin. 2008 yilda Apple'ning App Store'ni ochishi bilan mobil internetning birinchi bosqichi boshlangan va bunga ham o‘n yildan oshdi; xuddi shunday WeChat ham kelajak interneti, yaxshimi-yomonmi, qanday bo‘lishini ma’lum darajada ko‘rsatadi“. -Yiren Lu

Hukumat nazorati kuchayib bormoqda

▪︎Hukumat homiyligidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar yomg‘iri jala bo‘lib quyilmoqda.“Oksford internet instituti ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki yilda siyosiy dizinformatsiya (ataylab tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumot) tarqatuvchi davlatlar soni ikki barobar ortib, 70 taga yetgan. Bunday maqsadlar uchun, ayniqsa, Facebook'dan foydalaniladi. Platformada jami 56 ta hukumat tomonidan tashkillashtirilgan axborot operatsiyalari aniqlangan. Eng dahashtlisi shuki, dizinformatsiya taktikasi aniqlanib, bu haqda hisobot berilganda, boshqa davlatlar bu usullarni o‘rganib olib, amalga tatbiq qilmoqda, ya’ni hukumatlar bir-biridan o‘rganmoqda. Yuqoridagi xaritada bo‘yab ko‘rsatilgan mamlakatlarda hukumat doimiy ravishda yoki saylovlar paytida dizinformatsiya opertasiyalarini olib boradi“. -Devi Alba

▪︎Turkiya va senzura keng tarqalgan boshqa davlatlarda internetdan haqiqatni qidirish o‘z kallasini kundaga qo‘yish kabidir.“Prezident Erdog‘anning senzurali rejimi ostidagi turklar odatiy, kunlik mavzular, masalan, zilzilaning necha ballik bo‘lgani, mahallasidagi yong‘inning sababchisi va valyutalar kursi haqida bemalol ma’lumot topishlari mumkin. Biroq mamlakatda Wikpedia va boshqa ko‘plab saytlar taqiqlangan, internetda yoki Facebook'da hukumatga qarshi aytilgan gap bilan ko‘z ochib yumguncha qamoqxonada o‘tirgan bo‘lishingiz mumkin. Masalaning eng achinarli jihati shuki, turklar hattoki qanday ma’lumotlardan bexabar ekanliklaridan bexabar“. -Suzi Hansen

O‘QING: Android-smartfondagi Chrome’ni doimo «Inkognito» rejimida ishlaydigan qilamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!