Internet bo‘yicha "O‘zbektelekom" monopoliyasiga ham barham beriladi!

Internet bo‘yicha

O‘zbekiston Prezidentining 21 sentyabrdagi «2019—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 yanvargacha barcha operatorlarning xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi liberallashtiriladi, deb yozadi Daryo.uz.

Bu ushbu farmon orqali tasdiqlangan 2019—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilab qo‘yilgan.

Barcha operatorlarning xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi liberallashtirilishi natijasida yakuniy foydalanuvchilar uchun Internetdan foydalanish narxlari pasayishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!