Internet-do‘konlarda naqd pul to‘lash kamaymoqda

  •   Saroy
  •  1047
  •  28.06.2018 11:54

Internet-do‘konlarda naqd pul  to‘lash kamaymoqda

PayPal elektron to‘lov tizimi  Data Insight kompaniyasi bilan hamkorlikda Rossiyada onlayn-iqtisodiyotni tahlil qilib chiqdi. Tahlil maqsadi Rossiyaning katta, o‘rta va kichik shaharlarida tarmoq orqali xarid qilish, sotish va to‘lovni amalga oshirish ko‘lamini  o‘rganishdan iborat bo‘lgan.

O‘QING: Xushxabar: internet-do‘konlardan tovar olish qulaylashmoqda!

Ko‘rinib turibdiki, onlayn-iqtisodiyot butun mamlakatda jadal o‘smoqda. Rossiyalik iinternet foydalanuvchilarining yarmidan ziyodi o‘tgan 12 oy davomida hech bo‘lmaganda bir marta tarmoq orqali mahsulot sotib olgan, aniqrog‘i ular jami internet foydalanuvchilarining 65 foizini tashkil etgan. So‘rovda ishtirok etganlarning 21 foizi mahsulotlarni faqat Rossiya internet-do‘konlaridan xarid qilgan,  15 foiz foydalanuvchi esa xorijiy internet-dukonlari mijozi bo‘lib chiqdi. Ham Rossiya internet-dukonlaridan, ham xorijiy internet-dukonlaridan xarid qiladiganlar ulushi ham jadal sur’atda o‘smoqda, masalan, mazkur o‘sish bir yilda  12 foizdan  19 foizgacha bo‘lgan.

Shu bilan birga, har yettinchi onlayn-foydalanuvchi  (14%) naqd puldan umuman foydalanmasligini ta’kidladi. Shunga qaramay, onlayn-to‘lov oldidagi qo‘rquv hali ham baland,  deyiladi xabarda.

O‘QING: “Odnoklassniki”da internet-do‘konlar paydo bo‘ldi