INTERNET-NON STOP to‘plamlarida yoqimli yangilanishlar!

  •   DiMaX
  •  3321
  •  02.06.2021 10:51

INTERNET-NON STOP to‘plamlarida yoqimli yangilanishlar!

«O‘zbektelekom« aksionerlik kompaniyasi GSM standarti (Uzmobile uyali aloqa operatori) abonentlari uchun 30 kunlik internet-to‘plamlarga yoqimli yangilanishlarni kiritgani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, UZTELECOM o‘z rasmiy saytida yana bitta o‘zgarishni e’lon qilgan.

O‘QING: Operatorlarga internet tezligini ko‘rsatishda «-gacha» qo‘shimchasidan foydalanish rasman taqiqlandi

UZTELECOM internet-to‘plamlarining eng shov-shuvli yo‘nalishlaridan biri bu INTERNET-NON STOP liniyasi bo‘lib, u avtomatik yangilanish opsiyasini hamda 2 oylik foydalanishdan boshlab amal qiladigan qo‘shimcha 10% chegirmani taqdim etadi.

2021 yil 1 iyundan boshlab odatdagi ro‘yxat yangilandi va endi internet-trafik hajmi GIGABAYTLARda va hatto arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etiladi.

Shunday qilib, yangilangan liniya 3 GBdan 50 GBgacha bo‘lgan 8 xil variantni o‘z ichiga oladi va foydalanishning birinchi oyi uchun narxi 18 000 dan 85 000 so‘mgacha tashkil etadi. Ushbu turkumdagi yangilik – bu 16 GB hajmdagi va qiymati 60 000 so‘m bo‘lgan to‘plamdir (Foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab – 54 000 so‘m). Ikkinchi oydan boshlab internet-to‘plam narxi 10 foizga kamayadi, trafik hajmi esa o‘zgarmaydi. Minimal hajmli 1 GB bo‘lgan paket 18000 so‘m evaziga (ikkinchi oydan boshlab 16 200 so‘mga), maksimal, ya’ni 50 GBligi esa – atigi 85000 so‘mga (ikkinchi oydan boshlab 76.500 so‘m) taqdim etiladi.

Nogkfvni faollashtirish maxsus USSD-buyruqlar, SMS-buyruqlar, shuningdek MyUztelecom mobil ilovasi UZTELECOM savdo ofislarida amalga oshiriladi.

Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin («M2M Basic», «Uzmobile M2M», «HUMO GSM», «Uzmobile M2M yil» abonentlari bundan mustasno). Yuridik shaxslar xizmatni UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida yoki (agar «Mobil byudjet» xizmati yoqilgan bo‘lsa) *222# USSD-so‘rovi orqali faollashtirishi mumkin.

Batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali kompaniya rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Mobil operator 20 iyungacha aksiya e’lon qildi: naq 90 foizlik chegirma!