«Internet o‘charmish»: haqiqatmi yoki tuturiqsiz afsona

  •   Saroy
  •  1121
  •  24.09.2018 17:01

«Internet o‘charmish»: haqiqatmi yoki tuturiqsiz afsona

Internetda domenlar bilan shug‘ullanadigan nufuzli kompaniyalar rahbarlari “Internet o‘charmish” degan mish-mishlar qayerdan paydo bo‘lganini va nima uchun u juda oshirib yuborilganini tushuntirishga harakat qilmoqda.

Keyingi kunlari Rossiyada ommaviy axborot vositalari 11 oktyabrda dunyo internet tarmog‘ida global miqyosda uzilish sodir bo‘ladi, degan yangilik tarqatishdi. Tabiiyki, bu barchaning bahs-munozarasiga sabab bo‘lmoqda. Bunga sabab, domen nomlarini va IP-manzillarni (ICANN) o‘ziniki qilib  olayotgan korporatsiyalar go‘yo, qandaydir kalitlarni almashtirayotgan emish. Bu mish-mishni olg‘a surganlar juda ko‘p bo‘ldi, ammo ularning bari haqiqatdan ancha yiroq. Bunday shov-shuvning tagiga yetish uchun, eng avvalo bir qadam orqaga qaytib, amalda internet-adresatsiyasi tizimi qanday tuzilganini qisqacha bayon qilib chiqish zarur bo‘ladi.

Dunyo yon daftari

Har doim saytga kirishga, mobil ilovani ochishga, elektron pochta orqali xat jo‘natishga uringanimizda, bizning provayder biz uchun ushbu resurs yoki ilovaning manzilini bilishga harakat qiladi. Buning uchun ular DNS deb ataladigan ma’lumotlarning global bazasiga murojaat qiladi.  U kerakli saytlar turgan barcha domen nomi bilan IP-adres serveriga to‘g‘ri keladigan o‘ziga xos jahon yon daftari sanaladi. Domen nomiga so‘rov junatsak, biz  IP-manzili haqida javob olamiz va uning yordamida o‘zimizga zarur bo‘lgan resursni topamiz.

DNS tizimiga javoblar elektron imzo bilan tasdiqlanadi. Bu shuning uchun kerakki, hech kim bizni qandaydir chet, masalan tovlamachilarning resursiga jo‘natib yuborib, manzilni   “yo‘lda” ushlab qolmasin va uni almashtirib qo‘ymasin. Imzo tufayli biz avval boshda qayerga kirmoqchi bo‘lsak, aynan shu  yerga kirishga ishonchimiz komil bo‘ladi.

O‘QING:«Yangi internet» paydo bo‘lmoqda: hozircha 30 million dollar jalb qilindi

Imzo ikkita kalit yordamida  yaratiladi, ular o‘ziga xos «parol» bo‘ladi. Yaqin kelajakda aynan ushbu  ICANN korporatsiyasi kalitlarini  o‘zgartirishmoqda. O‘z –o‘zidan tushinarliki, kalitlarni  almashtirish, bu domen hududiga mas’ul bo‘lgan jahon tashkilotlari har doim amalga oshirib keladigan oddiy operatsiyadir. Bu axborot xavfsizligi bo‘yicha standart chora-tadbirlarning zaruriy qismidir. Kalitlarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish  ularning chetga chiqib ketmaganiga va uchunchi shaxs ixtiyoriga borib tegmaganiga ishonch hosil qilish uchun amalga oshiriladi. Bizning o‘zimiz ham eliktron pochtamiz yoki bankdagi shaxsiy kabinetimizning parolini  aynan shunday o‘zgartiramiz.

Elektron imzo bu yerda biz uchun virtual notarius bo‘lib xizmat qiladi: ular tufayli biz manzilimizga kelgan narsaning to‘g‘riligiga ishonch hosil qila olamiz. Elektron imzo kalitini almashtirish, bu xuddi notarius pechatini almashtirgandek: Hujjatlarga keyin ham ishonishimiz uchun, biz pechatimiz o‘zgargani haqda avvaldan xabardor qilingan bo‘lishimiz lozim.

Kalitlarni almashtirish jarayoni ko‘p hollarda avtomatlashtirilgan bo‘ladi va insonlar aralashuvisiz o‘zi amalga oshadi. Biroq ayrim aloqa operatorlari, ayniqsa eski dasturiy ta’minotdan foydalanayotganlar yangi kalit olish uchun o‘z uskunalarini avtomatik tarzda sozlamasa ham bo‘ladi.  Bu degani, bir paytga kelib DNS dan kelgan narsani “bilmay” qolishi ham mumkin va foydalanuvchiga resurs manzilini bermasligi ham mumkin.  Natijada, sayt ochilmaydi yoki ilova ishga tushmaydi.

0,04 foiz foydalanuvchi murakkabliklarga duch kelishi  mumkin.

Unchalik katta bo‘lmagan  operatorlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, o‘zlarining uskunalarini va dasturiy ta’minotini yangilashga hamda to‘g‘ri sozlagichni joriy etishga unchalik shoshilishmadi. Ammo hozirgi paytda bunday operatorlarning soni juda oz. Turlii ekspertlar bahoni turlicha bermoda, lekin quyidagi paqam to‘g‘riroq ko‘rinadi, ya’ni  0,04 foiz foydalanuvchi qiyinchiliklarga duch keladi.

Shu bilan birga, barcha foydalanuvchilar uchun umuman hech narsa o‘zgarmaydi. Internetning sekinlashi haqida hech qandan gap yo‘q —muammo iyerarxiya bo‘yicha anchayin yuqorida va u yuklash vaqtida emas, balki so‘rov vaqtida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, jarimaga tortilgan operator ham bunday uzoq ishlamaydi  — muhandislar uskunalarning ishlashini nazorat qiladi va albatta e’tiborini anomal darajada ko‘p miqdardagi xatolarga qaratadi.

Nihoyat ICANN’ning o‘zi haqida, barcha texnik hamjamiyat ushbu muammo haqida bir necha yildan buyon muttasil gapirishmoqda, shu bois kalitlarni rotatsiya qilish muammosi haqida tarmoq uskunalari bilan tanish bo‘lgan hamma xabardor qilingan.

O‘QING:5G-internet smartfonlar uchun xavfli ekan!

Endi yolg‘on-yoshiq, uydirmalarga kelsak:

Ushbu vaziyatning eng qiziq tomoni — paydo bo‘lgan yolg‘on yoshiqlarga yaqinroq razm solish. Ularda odamlar o‘zining qo‘rquvini ko‘radi va albatta ushbu qo‘rquvlarni tarqatib yuborish kerak, buning uchun esa uydirmalarga  aniqlik kiritish lozim:

Birinchisi — rejalashtirilgan harakat. Go‘yo kalitni almashtirish internetni tashqaridan, uncha kelishmaydigan mamlakat yoki hududdan turib o‘chirib qo‘yishga imkon beradi. Bu albatta, unday emas. Manzillashtirish tizimi yagona va  DNS imzo tartibi foydalanuvchilar qaysi mintaqada yoki qaysi mamlakatda joylashganidan va qanday siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lishidan qat’iy nazar hamma uchun bir xil amal qiladi. Ushbu manzillashtirish tizimini  qisman fizika qonuniga ham tenglashtirsa bo‘ladi, Xabaringiz bo‘lsa kerak, fizika qonuni mutlaqo tanlab o‘tirmay harakat qiladi.

Ikkinchi afsona — jinoyatchilar uchun imkoniyatlar oynasi. Texnik tomondan kalit o‘rnida ishlashning imkoniyati yo‘q, ammo maxsus muhandislik qilishga  har doim ham imkoniyat bor. Firibgarlar internetning manzilli tizimi qanday ishlashi haqida qo‘rqitish va eslatish orqali foydalanishadi.  Shu bois, eng yaxshi usul bunday qarmoqlarga ilinmaslik, ya’ni shunchaki shubhali manbalarga quloq solmaslik kerak.

Ayrim ekspert davralarida  bank biznesi bilan  internet-infrastrukturalarini solishtirish juda keng tarqalgan: eng zo‘r bank bu eng zerikarli bank. Agar unda yangilik bo‘lmasa, demak unda hammasi yaxshi ketyapti. Shunday ekan, bu yerda ham: internet infrastrukturasi — bu odatdagi bizga tanish bo‘lgan sayt, ilova, ijtimoiy tarmoq va elektron pochta nomi bilan ko‘zga ko‘rinmaydigan qandaydir qatlamdir. U shunchaki ishlayveradi, biz esa u yerda nima bo‘layotgani haqida hech narsani  bilmasligimiz mumkin.

O‘QING:Texnologik jihatdan taraqqiy etgan 10 davlat

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!