Internet olamiga yangicha "kreativlik" kirib kelmoqda

Internet olamiga yangicha

Opera brauzeri Yat nomli emojilarga asoslangan domenlarni sotadigan kompaniya bilan hamkorlik qilishni boshlaganligini ma’lum qildi. Endi brauzer bilan qidiruv maydoniga faqat emojilarni kiritib, unga biriktirilgan veb-manzillarga kirishingiz mumkin bo‘ladi.

Kompaniya buni internet olamiga kreativlikning yangi darajasini olib kirishini aytib, o‘zini emoji veb-manzillarga kirish imkonini beradigan ilk brauzer deya atadi. 

Bugungi kunda barcha zamonaviy veb-brauzerlar veb-manzillarda emojilarni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo, ular an’anaviy domenlarni talab qiladi. Masalan, mana bunday: y.at/😄👍. Opera brauzerining so‘nggi versiyasida esa siz "y.at/"ni tushirib qoldirib faqat "😄👍"dan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. 

"Internet ommaga taqdim etilganiga qariyb 30 yil bo‘ldi va veb-havolalar sohasida ko‘p innovatsiyalar bo‘lmadi: odamlar hali ham o‘zlarining URL manzillariga .com ni kiritadilar.

Yat bilan integratsiyalashuv orqali Opera foydalanuvchilari o‘z havolalarida .com yoki hatto so‘zlardan voz kechishlari va veb-saytlarga yo‘naltirish uchun faqat emojilardan foydalanishlari mumkin. Bu yangi, osonroq va qiziqarliroq." deydi Opera uyali aloqa bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Xorgen Arnesen. 

Emoji-domen xususiyati Windows, Mac, Android va iOS uchun Opera brauzerining so‘nggi versiyasida ishlaydi. 

O‘QING: Endi Instagram Stories'lariga ham layk bosish mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!