Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

  •   DiMaX
  •  2061
  •  04.05.2020 12:00

Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Koronavirus tufayli karantin sharoitida internet-do‘konlar ommalashmoqda, ammo onlayn xarid qilishda aldanib qolish ehtimoli ham yo‘q emas. Masalan, biz OLX.UZ’dagi arzon ayfonga uchib, 500 dollarga chuv tushgan hamyurtimiz haqida yozganmiz.

O‘QING: AliExpress’dagi soxta «chegirma»lar: onlayn savdoda sizni qanday laqillatishadi?

Dubayda yashovchi Alizay ismli qiz esa umuman kutilmagan holatga duch keldi, deb yozadi Daryo nashri. Amazon savdo platformasi orqali u atigi 50 yevroga qalbaki AirPods quloqchinini buyurtma qilgan. Mazkur aksessuarning haqiqiysi ancha qimmat – 180 yevro atrofida turadi, ya’ni qiz o‘zi buyurtma qilgan tovarning soxta ekanini oldindan bilgan. Lekin uning haqiqiysidan qanchalik farqli bo‘lishini tasavvur ham qila olmasdi. Natijada esa...

Ko‘rib turganingizdek, qiz 50 yevroga olgan quloqchinning kattaligi Alizayning boshicha keladi!

O‘QING: Xitoyliklar buni uddalashdi: AirPods Pro’ning arzon klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilyapti! (+video)

Alizay tezda ushbu quloqchinini suratga olib, Twitter’ga joyladi, natijada bu rasmi 384 mingta layk to‘pladi, post 72,5 ming marta retvit qilindi.

Internet foydalanuvchilari ulkan naushniklardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini taxmin qila boshlashdi:

«Bu naushniklar fillarga mo‘ljallangan bo‘lsa kerak».

O‘QING: 67 655 dollarlik quloqchin qimmatmi? 750 000 dollarligi chiqdi!

«Bu King-Kongning naushnigi bo‘lsa kerak».

«Goliaf buni ko‘rishi kerak».

Siz ham onlayn do‘konlardan biror tovar xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

O‘QING: Koronavirus tufayli AliExpress xaridorlarni ogohlantirmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.