Internet qidiruv tizimi bugun chorak yoshga to‘ldi

Internet qidiruv tizimi bugun chorak yoshga to‘ldi

25 yil avval 26 fevral kuni Tim Berners-Li tomonidan WorldWideWeb – ilk internet qidiruv tizimi tanishtirilgan edi. Tim Berners-Li kun kelib, bu tizim ma’lumot olishning muhim manbaiga aylanishini xayoliga ham keltirmagan edi.

Tim Berners-Li internet tarmog‘ining ham “otasi” bo‘lib, ilk veb-brauzerni NeXT kompyuterida sinovdan o‘tkazgan. Avvaliga WorldWideWeb deb nomlangan tizimni foydalanuvchilar internet tarmog‘i bilan adashtirmasliklari uchun Nexus deb nomladi. Bu tizim o‘sha davr uchun hayratlanarli bo‘lgan HTML fayllarni o‘qiy olgan.

1992 yilda Finlandiya va Kaliforniyada yaratilgan, UNIX operatsion tizimiga mo‘ljallangan Erwise va ViolaWWW qidiruv tizimlari ilk grafik va tasvirni izlash ko‘nikmasi bilan boyitilgan.

Keyinchalik 1993 yilda navbatdagi – Cello brauzeri Tomas Brus tomonidan Microsoft Windows operatsion tizimi uchun yaratildi.

Kanzas universiteti ixtirochilari tomonidan universitet hududiga oid ma’lumotlarni qidirishga mo‘ljallangan Lynx brauzerida faqatgina matn izlash mumkin bo‘lgan.
Undan keyin yaratilgan Midas qidiruv tizimi fiziklar uchun o‘zaro tajriba va tadqiqotlariga oid ma’lumotlarni almashishlariga xizmat qilgan.

Mac kompaniyasi uchun yaratilgan Mosaic brauzeri eng ommalashgan ilk internet qidiruv tizimi bo‘lgan. U suratli matnlarni ham qidirish qobiliyatiga ega edi.

Birin-ketinlik bilan WebExplorer, Netscape, 1994 yilda Opera, 1995 yilda bizga birmuncha tanish Internet Explorer, 1996 yilda Arachne, 2001 yilda Galeon, 2003 yilda Safari, 2004 yilda Firefox qidiruv tizimlari, 2008 yilda eng kenja va ommabop Chrome brauzeri yaratildi.

2015 yildagi ma’lumotlarga qaraganda, internet tarmog‘i foydalanuvchilarining 68.0 foizi xalqaro tarmoqda ma’lumot qidirganida Chrome ilovasidan foydalanadi. Undan keyingi o‘rinlarni Internet Explorer, Firefox, Safari hamda Opera qidiruv tizimlari band qilib turibdi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!