Internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi yangilandi – soniyasiga 178 terabit!

  •   DiMaX
  •  1948
  •  22.08.2020 13:16

Internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi yangilandi – soniyasiga 178 terabit!

Bloomberg nashri eng yirik 5G tarmoqlarida internet tezligini qiyoslab ko‘rsatgan edi. Lekin simli internet tezligida undan ham yuqori ko‘rsatkichlarga guvoh bo‘lish mumkin.

O‘QING: Starlink «fazoviy» internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘ldi!

KDDI Research, London universiteti kolleji hamda Xtera muhandislari esa hozirda qo‘llanayotgan shisha tolali simlar orqali katta hajmli ma’lumotlarni yanada tezkor uzatish texnologiyasini yaratishdi. Hozirda dunyoda mavjud infratuzilma 4,5 teragersgacha o‘tkazuvchanlik polosasini ta’minlay oladi. Ayrim yangi texnologiyalar bu ko‘rsatkichni 9 TGs.gacha yetkaza olgan bo‘lsa, yangi tizim 16,8 TGs.gacha oshirgan!

Natijada bu texnologiya internet tezligi borasida yangi global rekord o‘rnatdi – uning ko‘rsatkichi soniyasiga 178 terabit (Tbit/s) hisoblanadi. Bungacha AQSh Energetika fanlari tarmog‘i tomonidan sinov doirasida ishlab chiqilgan internet ulanishi esa «atigi» 400 gigabit/soniyaga teng edi.

Tushungan bo‘lsangiz kerak – yuqoridagi ko‘rsatkichlar sinov doirasida bo‘lib, bunday tezlikdagi internetning keng ommaga yetib borishiga hali erta. Ayni damda dunyo bo‘yicha foydalanuvchilarga taqdim etilgan eng tezkor internet Yaponiyada bo‘lib, uning ko‘rsatkichi soniyasiga 10 gigabit (Gbit/s) hisoblanadi.

O‘QING: 10 yilda internet tezligi qancha oshdi va O‘zbekistondagi holat qanday? (Speedtest reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.