Internet tezligi bo‘yicha Speedtest dunyo reytingida O‘zbekiston yana ko‘tarildi

  •   DiMaX
  •  799
  •  17.12.2020 09:20

Internet tezligi bo‘yicha Speedtest dunyo reytingida O‘zbekiston yana ko‘tarildi

Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net servisi 2020 yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha bir oyda ikki pog‘onaga ko‘tarildi, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘QING: UZTELECOM internetni naq ikki barobarga arzonlashtirmoqda!

Mamlakatimiz simli internet tezligi bo‘yicha umumiy reytingida 176 ta davlat qatoridan 94-pog‘onaga ko‘tarilib, aniqlangan Internet tezligi 32,39 Mbit/s.ni tashkil etdi.

Aytish joizki, bir yil avval respublikamiz jahonda 112-o‘rinni egallagan, va Internet tezligi esa 19,91 Mbit/s.ni tashkil etgan.  Bundan ko‘rinib turibdiki,  bir yil ichida aniqlangan Internet tezligi 10 Mbit/s.dan yuqori ko‘rsatkichlarga o‘sdi va respublikamiz 18 pozitsiyaga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda biz mobil va simli interneti eng tezkor mamlakatlar bo‘yicha Speedtest reytingini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!