Internet tezligi bo‘yicha Speedtest jahon reytingida O‘zbekiston yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi

  •   DiMaX
  •  838
  •  08.04.2020 16:59

Internet tezligi bo‘yicha Speedtest jahon reytingida O‘zbekiston yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi

Yurtimiz internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida yanvar oyida 4 pog‘ona yuqorilagan bo‘lsa, fevralda yana ikkita pozitsiyaga ko‘tarilgan edi. Mart oyida bu borada yana o‘sish kuzatildi, deb yozadi AKT vazirligi.

O‘QING: Speedtest reytingi: O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravar o‘sdi!

Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net servisi 2020 yilning mart oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jahon reytingida O‘zbekiston internet tezligi natijalariga ko‘ra yana yettita pozitsiyaga ko‘tarildi.

Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida yana 36 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi.

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 baravar – 11,62 Mbit/coniyadan (2019 yil mart holatiga) 26,92 Mbit/coniyagacha (2020 yil mart holatiga) o‘sdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston ijobiy natijalarni ko‘rsatdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 133-o‘rinni egalab, 2020 yil fevral holatiga ko‘ra bitta pozitsiyaga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun: Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlardan doimiy ravishda reyting tayyorlab e’lon qiladi.

O‘QING: Smartfoningizda Speedtest bo‘lsa, endi boshqa VPN-ilovaning keragi yo‘q!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.