Internet tezligi bo‘yicha Speedtest reytingida O‘zbekiston yana yuqoriladi

  •   DiMaX
  •  1948
  •  17.09.2020 08:52

Internet tezligi bo‘yicha Speedtest reytingida O‘zbekiston yana yuqoriladi

Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net servisi 2020 yil avgust oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi yangilandi – soniyasiga 178 terabit!

Speedtest Global Index mobil aloqa internet tezligi jahon reytingida O‘zbekiston mobil internet tezligi natijalariga ko‘ra yana 2 ta pozitsiyaga ko‘tarildi.

Aniqlangan internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston hozirgi kunda 174 ta mamlakat qatorida 97-o‘rinni egallamoqda. Ta’kidlash joizki, 2019 yil avgust holatiga ko‘ra yuklash bo‘yicha aniqlangan internet tezligi 1,5 barobar o‘sish ko‘rsatkichlarni qayd etdi – 19,49 Mbit/soniyadan 29,80 Mbit/soniyagacha.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston ijobiy natijalarni ko‘rsatdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz 125-o‘rinni egallab, 2020 yil avgust holatiga ko‘ra ikkita pozitsiyaga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun: Speedtest portali internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

O‘QING: «MAKTAB» tarif rejasi: eng qulay sharoitlarda xavfsiz onlayn ta’lim!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!