Internet ulatish uchun endi uydan chiqish ham shart emas!

  •   DiMaX
  •  3119
  •  11.07.2019 08:45

Internet ulatish uchun endi uydan chiqish ham shart emas!

2019 yilning 10 iyulidan e’tiboran keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun masofadan turib ariza berish mumkin. Buning uchun «O‘zbektelekom» AKning savdo bo‘limlariga tashrif buyurish ham shart bo‘lmaydi, deyiladi kompaniya xabarida.

O‘QING: Internet tezligi nega ko‘rsatilganidan past? «O‘zbektelekom» rasman izoh berdi!

Keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun murojaat qiluvchi muayyan mijozlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, arizalar bevosita «1084» qisqa raqami bo‘yicha Axborot markaziga qo‘ng‘iroq orqali, Kompaniyaning rasmiy sayti orqali, yoki onlayn muloqot yordamida qabul qilinadi.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda «O‘zbektelekom» AK aloqa xizmatlariga ulanish uchun ariza berishdan boshlab mijozlarga yo‘naltirilgan o‘z yondashuvini namoyon etmoqda. Ishonchli yuqori tezlikdagi Internet, qulay va arzon tariflar, o‘zingizga qulay usulda onlayn ariza berish imkoniyatlari mavjud, deyiladi xabarda.

Bu borada batafsil ma’lumot uchun «O‘zbektelekom» AKning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash jamoasiga murojaat etish mumkin.

O‘QING: Internet narxi muntazam pasayib boradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!