Internetda allaqachon iOS 13 tizimli qurilmalar ko‘proq «qo‘lga tushmoqda»

  •   DiMaX
  •  895
  •  05.01.2019 11:19

Internetda allaqachon iOS 13 tizimli qurilmalar ko‘proq «qo‘lga tushmoqda»

Apple korporatsiyasi o‘z mobil operatsion tizimining keyingi talqini – iOS 13’ni faol tarzda testdan o‘tkazmoqda. Bu haqda, ayni shunday tizimli qurilmalardan kirishlar soni oshganiga asoslangan holda, MacRumors nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Yetti yashar bolakay iOS 12 tizimli iPhone’ni laqillatdi!

Kupertinolik korporatsiya har yili o‘zining yangi operatsion tizimini kompaniya xodimlari orasida ichki tekshiruvlardan o‘tkazadi. Shu tariqa, xodimlarning o‘zlari yangi talqindagi tizimning faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashadi, natijada nuqsonlar o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishiladi.

Xabarga ko‘ra, iOS 13 tizimli gadjetlar internetda ilk bora o‘tgan yilning oktyabridayoq «ko‘zga tashlangan». Ammo ularning faolligi dekabrning o‘rtasida kuzatilgan, yil oxiriga kelib esa pasaygan. Aftidan, endi – Yangi yil ta’tillari tugaganidan so‘ng ularning tekshirishlari yana ko‘paysa kerak.

An’anaga ko‘ra, Apple mobil operatsion tizimning navbatdagi talqinini yozning o‘rtasida taqdim etishi kutilmoqda. Mazkur namoyish dasturchilarga mo‘ljallangan WWDC 2019 ko‘rgazmasi doirasida amalga oshirilishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: 2019 yil boshidagi AnTuTu reytingi: iPad Pro 2018 katta farq bilan oldinda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!