Internetda Galaxy A54'ga oid bo‘lgan ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Internetda Galaxy A54'ga oid bo‘lgan ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Galaxy A54 modeli 50MP asosiy kameraga ega bo‘lishi aytilmoqda. Ushbu xabar GalaxyClub tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, odatda ushbu manba aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni oshkor qiladi.

Afsuski, asosiy kameradan tashqari smartfonga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlar berilmadi. Agar Galaxy A52 va A53 modellarining asosiy kamerasi 64MP ekanligini hisobga olsak, buni pasayish deyish mumkin. Biroq megapiksel har doim ham kamera sifatini belgilanmaydi. Aksincha, bunda kamera yanada takomillashishi ham mumkin. 

Hozirgi Galaxy A52 hamda A53 modellaridagi 64MP kamera sensori unchalik katta emas. Samsung yaqin-yaqindan beri o‘rta toifadagi smartfonlarga flagman xususiyatlarni olib kirmoqda. Ya’ni A54 modeli yanada yaxshiroq katta sensorli asosiy kamera bilan jihozlanadi. Balki, smartfon S22 hamda S22+ flagmanlaridagi 50MP kameraga ega bo‘lar. Hozircha A54 modelining taqdim etilishiga ancha vaqt bor. Ungacha qurilmaga oid yangi ma’lumotlar chiqishni davom etadi. 

O‘QING: Sentyabrning eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlari top o‘ntaligi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!