Internetda «hech narsa qilmasdan pul ishlash» yo‘li topildi

  •   DiMaX
  •  5223
  •  18.01.2021 13:00

Internetda «hech narsa qilmasdan pul ishlash» yo‘li topildi

Siz ham internet (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlardagi kanallar, botlar va hokazo) orqali pul topishga qiziqasiz-a? O‘ttiz yetti yoshli yaponiyalik Sedzi Morimoto internet tarmog‘ida g‘ayrioddiy yo‘l bilan pul topadigan kishi sifatida mashhur bo‘ldi, deb yozadi The Independent nashri.

O‘QING: Internetda qanday pul topsa bo‘ladi?

Oilali va fizika bo‘yicha diplomiga ega bo‘lgan Morimoto har kuni ertalab ishga borishga tayyorlanmaydi – u «hech narsa qilmasdan» pul ishlashni afzal ko‘radi.

Buning uchun u ikki yil oldin u ijtimoiy tarmoqqa reklama joylashtirgan edi:

«Men o‘zimni hech narsa qilmaydigan odam sifatida ijaraga beraman. Do‘konga yolg‘iz borishni xohlamaysizmi? Jamoada yetarlicha o‘yinchi yo‘qmi? Siz uchun joy egallaydigan odam kerakmi? Men oddiy narsalardan boshqa hech narsa qila olmayman».

Ushbu xabar darhol ko‘plab odamlarning e’tiborini tortdi va tez fursatda Morimotoning mijozlari paydo bo‘la boshladi. Dastlab, o‘z ishini tekinga bajarishiga to‘g‘ri keldi. Ammo endi u o‘z xizmatlari uchun 10 000 iyena (taxminan 96 dollar) oladi, shuningdek, transport vositalarida yurishi va ovqatlanishi uchun unga qo‘shimcha pul to‘lashadi.

Uch yil davomida «dangasa odam» 3 mingga yaqin mijozdan taklif olgan: kuniga 3-4 kishi. Morimoto turli sabablarga ko‘ra ijaraga olinadi, lekin ko‘pincha odamlar zerikkan yoki yolg‘izlikdagi kishilardan taklif tushadi. Ular Morimoto bilan ovqatlanishadi, suhbatlashadi, ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushishadi, bog‘da sayr qilishadi, ko‘ngillarini ochib-sochishadi va hattoki ajrashish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolashga borishadi.

O‘QING: Telegram’da pul topishni istaysizmi?