Internetda kimlarni izlash eng xavfli?

  •   DiMaX
  •  16273
  •  03.10.2018 12:02

Internetda kimlarni izlash eng xavfli?

Hozirgi kunda biror taniqli shaxs haqida turli ma’lumotlarni odatda internetdan izlaymiz. Ammo bu qidiruvlar hamisha ham xavfsiz bo‘lavermas ekan.

O‘QING: Chehrani tanib olish tizimi orqali odamni istalgan ijtimoiy tarmoqdan topsa bo‘ladi

Jumladan, «Orange is the New Black» serialidagi aktrisa Rubi Rouz – joriy yilda onlayn qidirish eng xavfli bo‘lgan mashhur shaxs hisoblanadi. Bu haqda internet xavfsizligiga ixtisoslashgan McAfee kompaniyasi xabar bergan.

Aytilishicha, Rubi Rouzni izlashda qidiruv natijalari orasida xavfli havolalar ham chiqadi. Ular esa ziyonkor veb-saytlarga eltadi, deb yozadi USA Today nashri.

Internetdan izlash xavfli bo‘lgan mashhurlar reytingida ikkinchi o‘rinni AQSh realiti-TV yulduzi Kristin Kavallari egallagan. Uchinchi o‘rindan esa fransuz aktrisasi Marion Kotiyar joy olgan. Shuningdek, Kortni va Kim Kardashyanlar ham izlash tavsiya etilmaydigan shaxslar qatoriga kiritilgan.

McAfee kompaniyasi vakili Geri Devis so‘zlariga ko‘ra, internet foydalanuvchilarning mashhur shaxslarga qiziqishlaridan xakerlar g‘araz maqsadlari yo‘lida foydalanishadi. Ziyonkor veb-saytlarga eltuvchi havolalar yaratib, ularni o‘sha mashhurlarni qidirish natijalarida chiqadigan qilishadi. Demak, shunchaki biror aktrisa yo xonanda haqida ma’lumot izlayotib ham kompyuteringizga virus yuqtirib olishdan ehtiyot bo‘ling.

O‘QING: Brauzerda qidiruvlar tarixini tozalaymiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.