Internetda Prezidentga haqorat yoki tuhmat uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

  •   DiMaX
  •  680
  •  31.03.2021 12:58

Internetda Prezidentga haqorat yoki tuhmat uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

O‘zbekiston Respublikasida davlat rahbarini internet tarmoqlarida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu to‘g‘rida huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram-kanali orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Bugungi kunda amalda bo‘lib turgan Jinoyat kodeksining 158-moddasida O‘zbekiston Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa OAVlardan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan edi:

Kecha imzolangan qonun asosida mazkur moddaga qo‘shimcha kiritildi. Ya’ni, endilikda O‘zbekiston Prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi belgilandi.

Boshqacha aytganda, internetdagi har qanday post, video, audioxabar, rasm, kommentlarda O‘zbekiston Prezidentiga nisbatan haqorat yoki tuhmat bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Jazolar esa o‘zgarmagan, oldingidek qolgan.

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.