Internetda qanday pul topsa bo‘ladi?

Internetda qanday pul topsa bo‘ladi?

Hozirda internet foydalanuvchilarining o‘ntadan kamida sakkiztasida «Internetda qanday pul topsa bo‘ladi?» degan savol bor. Xo‘sh, rostdan ham, internetda qanday pul topsa bo‘ladi? Bu bo‘yicha aniq bir qonuniy hujjat bormi? Ushbu maqolani oxirigacha o‘qing va internetda pul ishlash sirlarini bilib oling.

O‘zbekistonda internetga ulash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha raqobatbardosh muhit mavjud emasligi hamda shimoliy, ya’ni Qozog‘iston-Rossiya internet-kanaliga bog‘liq bo‘lgan vaziyat yuzaga kelganligi sababli, internetga ulanish boshqa MDH davlatlaridagiga nisbatan ancha sekin va qimmat hisoblanadi. Bu muammoni O‘zbekiston yangi tashqi kanallar ochish evaziga hal qilmoqchi: Turkmaniston, Eron, Qirg‘iziston va Xitoy orqali internetga ulanish tezligi oshiriladi va uning barqaror ishlashi ta’minlanadi. Shu yilning oxirigacha ushbu davlatlarning milliy operatorlari bilan kanallarni ijaraga olish va sotib olish to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolanadi. Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shu yilning oxirida O‘zbekistonda internet kanallarining o‘tkazuvchanligi 8-10 barobarga oshirilishi aytilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda Internet tezligi 8 - 10 baravargacha oshirilishi kutilmoqda

Lekin baribir hozirda O‘zbekiston internet cheklangan mamlakatlardan biri bo‘lib qolayotgani sir emas.

Keling, mavzuda chetlashmaymiz.

Internetbu pul degani! Rostdan, internetda qanday pul topsa bo‘ladi?! Bunday so‘rovni qidiruvga bersangiz, minglab ma’lumotlar chiqadi. Hatto, internetda pul topish bo‘yicha darslik-adabiyotlar, videoqo‘llanmalar ham talaygina.

Keling, internetda pul topish mavzusida bosqichma-bosqich to‘xtalib o‘tamiz.

Birinchidan, internetga joylagan ma’lumotingiz yoki videolaringiz uchun hech kim sizga pul bermaydi. «Men joylagan ma’lumotlarni ko‘p o‘qiganligi uchun, ko‘p ko‘rilganligi uchun internet «katta»lari menga pul beradi», degan xomxayol fikrlardan ozod bo‘ling. Sababi – chet elda o‘tiradigan internet «katta»larining siz joylab borayotgan ma’lumotlar bilan ishi yo‘q.

Ikkinchidan, rostdan ham internetga foydali ma’lumotlarni joylab borish pulli hisoblanadi! Qanday? Buni bir qancha internet platformalarida ko‘rsatib berishga urinamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda pul topish

Bu – hozir eng urfga kirgan usullardan biridir. Telegram'da, Instagram'da, Odnoklassniki'da, Facebook’da, YouTube’da katta-katta kanallar borki, ular kunlik joylagan axborotlari uchun mo‘maygina daromad topishadi. Ular daromadining asosi esa o‘zlarining kanallariga joylab boradigan reklamadan tushadigan pullar hisoblanadi. Ya’niki, kanalning qanchalik ko‘p a’zolari bo‘lsa, unga reklama joylash shunchalik qimmat bo‘ladi. Hozirgi kundagi norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra telegram-kanallarga (auditoriyasiga qarab) 150 ming so‘mdan, 4 mln so‘mgacha miqdorda pul to‘lash evaziga (qancha vaqt joylab borilishiga qarab narxi o‘zgarib boraveradi) reklamangizni joylashingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Telegram’da spamdan «ozod» bo‘lish siri

Endi o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarning, sahifalarning auditoriyasini, ya’ni a’zolarini qanday ko‘paytirsa bo‘ladi? Bu – masalaning eng nozik nuqtasidir. Sababi siz internet foydalanuvchilariga kerakli va qiziqarli ma’lumot berishingizga qarab a’zolar ortib boraveradi (Bu haqida keyingi maqolalarimizda batafsil to‘xtalamiz).

O‘z saytingizni oching va undan foyda oling

Ushbu variant sizdan dastlabki qo‘yilmalarni talab etadi, biroq ko‘p o‘tmay o‘zini oqlay boshlaydi. Sayt ishi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, undan har oyda 10 ming dollargacha miqdorda foyda olish mumkin. Asosiy foydani reklama (kontekstli, bannerli, tizerli) olib keladi, bunda sherikli dasturlarida ishtirok etish yoki havolalarni sotish mumkin bo‘ladi. Agar siz yanada ildamlab ketmoqchi, nafaqat saytni rivojlantirish, balki o‘z infobiznesingizni qurmoqchi bo‘lsangiz, u holda foyda yanayam ko‘p bo‘ladi, faqat boshidanoq shunga yarasha chiqimiga tayyor turing. Bu – eng foydali variant, shunday ekan «Internetda pul ishlab topish haqiqatmi?» deb so‘ramang, chunki saytlar egalarining baralla javobi «Ha» bo‘lib turibdi.

Xo‘sh, axborot sayti va infobiznes orasida qanday farq bor? Dastlab foydali axboroti bo‘lgan kontentli sayt ham axborot evaziga pul ishlaydigandek tuyuladi. Biroq birinchi holatda pul tashqaridan (reklama, sheriklik dasturlari) kirib keladi, infobiznesda esa siz muayyan bir axborot mahsulotini sotasiz va uning uchun mijozlaringizdan pul olasiz. Quyidagilar axborot mahsulotlari bo‘lishi mumkin:

  • Vebinarlar;
  • Treninglar;
  • Onlayn o‘quv kurslari;
  • Elektron kitoblar.

Ushbu pul ishlash usulining xususiyati shundaki, siz mahsulotni bir marta yaratasiz, undan foydani esa doimiy ravishda olib turasiz. Shunchaki passiv daromad turi. Shu bilan birga, parallel ravishda yangidan-yangi mahsulotlar yaratish, yangi yo‘nalishlarda rivojlanib, kattadan-katta daromadlar topish mumkin bo‘ladi. Bunday holatda daromad bir necha martaga ko‘payadi.

YouTube’da pul ishlash

YouTube’da kanalingiz faol, undagi barcha videolar o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak. Kanalingiz faol hamda 10 000 dan oshiq (umumiy videolar) ko‘rilgan bo‘lishi, shuningdek, 100 dan oshiq obunachilaringiz bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari, eng asosiysi – siz 18 yoshdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Agarda yuqoridagi qo‘yilgan talablar sizda mavjud bo‘lsa, unda hech qanday shubhasiz, YouTube’da pul ishlashni boshlashingiz mumkin.

YouTube’da pul ishlash uchun qo‘yiladigan ilk qadam Google Adsense'dan boshlanadi. Obunachilaringiz miqdori hamda ko‘rilgan videolar soni tegishli me’yordan o‘tganidan keyin Google Adsense'ga bemalol ulanishingiz mumkin.

Unda ham ulanganingizdan keyinoq to‘liq pul ishlashni boshlamaysiz. Birinchi qadam Adsense'ga ulanish bo‘lsa, keyingi qadam bu Google’dan xat kutish. Xat kelgandan so‘ng siz internetdan pul topa boshlaysiz.

Shunday qilib, internetda pul ishlash siz o‘ylaganchalik oson ham emas, qiyin ham emas. Saytimizni kuzatishda davom eting – ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlashning yangicha usullari haqida sizga yana ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar berib boramiz.

O‘QING: Sog‘liqni saqlash vaziri ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash haqida ko‘rsatma berdi