Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!
Ushbu haftada Twitter tarmog‘ining rusiyzabon qatlamida bitta hazil jumla urfga kirdi. Ularning bari «Vam chto, seryozno tak slojno...?????» – «Nima, sizlarga chindanam shunchalik qiyinmi shu...?????» deb boshlanadi.
O‘QING: Ijtimoiy tarmoqda hokimga tuhmat qilgan shaxs ozodlikdan mahrum etildi
Bunga esa bir qizning promouterlardan varaqa olishni istamagan kishilardan jahl qilib yozgan quyidagi tviti sabab bo‘lgan:
Ayni shu shablondagi tvitlar ko‘payib, mazkur trendga nufuzli kompaniyalar – «Sberbank», MSI, «Pochta Mail.ru», «Yandeks.Nedvijimosti» va boshqalar ham qo‘shilgan:
Yuqoridagi birinchi bitikdan – qizning tvitidan olingan skrinshotda so‘kinishlar yashirib qo‘yilganligini payqagansiz, albatta. Kompaniyalar esa unaqa so‘zlarni qo‘llamaganlar, biroq...
O‘QING: O‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchisi bo‘htoni uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi
Rossiyaning nufuzli idorasi – Roskomnadzor ham trendga qo‘shilganida vaziyat o‘zgargan. Ishonasizmi – u internetda qanday qilib niqoblab so‘kinish mumkinligini yuqoridagi shablon asosida ko‘rsatib bergan!
VAM ChTO SEREZNO TAK SLOJNO ISPOLZOVAT PRAVILNUYu MASKIROVKU NETsENZURNOY BRANI V SMI????? U VAS RUKI POSLE ETOGO OTVALYaTSYa????? NASTUPIT KONETs SVETA????? NET, B..., NET!!! TOGDA POChEMU, @, VI NE PRAVILNO MASKIRUYeTE?????!!!! YeЩYo I GLAZA ZAKATIVAYuT, DA POShLI VI N...Y!!!
— Roskomnadzor (@roscomnadzor) 21 iyunya 2019 g.
Roskomnadzorning hazili ko‘pchilikka yoqmagani unga javoban yozilgan tvitlardan ham ma’lum – istasangiz, ushbu havola orqali o‘tib, o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin. Ammo atigi yarim soat ichidayoq bu idoraning tviti internetning rusiyzabon qatlamida tarqalib ulgurdi – mana buni mashhurlik desa bo‘ladi!
Nima bo‘lganda ham, Terabayt.uz sizga bu kabi yo‘llar bilan mashhurlikka intilishni tavsiya etmaydi.
O‘QING: Toshkent shahar IIBB mashhurlikka intilgan «bloger»lar faoliyatiga chek qo‘ydi