Internetda rasm sotib pul ishlashni o‘rganamiz! (3-qism)

Internetda rasm sotib pul ishlashni o‘rganamiz! (3-qism)

«Onlayn daromad» rukni ostidagi fotografiyaga bag‘ishlangan turkum maqolalarimizning uchinchi qismiga xush kelibsiz. O‘tgan sonlarda fotolaringizni sotish uchun eng yaxshi 18 ta sayt va fotografiya biznesingizni rivojlantirish uchun ikki muhim bosqich haqida to‘xtalib o‘tgan edik.

Endi esa foto-rasmlar, foto-mahsulotlar va foto-kitoblaringizni sotishni, shuningdek, fotolaringizdan servis sifatida pul topish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tamiz.

O‘QING: Samsung bepul mobil fotografiya kursi ochdi, qatnashchilarga Galaxy S20 yoki Note 20 berishadi

Foto-rasmlar, foto-mahsulotlar va foto-kitoblarni qanday sotish mumkin?

Sizning ishingizdan foydalanishni xohlaydiganlar soni faqat saytlar yoki brendlar bilan cheklanib qolmagan. Muxlislaringiz ham siz yaratgan mahsulotga qaysidir ko‘rinishda egalik qilishni xohlaydi.

Muxlislaringiz sotib olishi mumkin bo‘lgan ko‘plab buyumlarni — masalan, oddiy ramkaga solingan rasm yoki tasvir tushirilgan yostiqni — tayyorlab, buning ortidan ham daromad qilsangiz bo‘ladi. Quvonarlisi, moddiy mahsulotlaringizni sotish siz o‘ylagandan osonroq!

Fotolaringizni qog‘ozga yoki moddiy buyumlarga, misol uchun, bakal, futbolka yoki kalendarga chiqarib sotishga yordam beruvchi ko‘plab sayt va qurollar mavjud.

Jumladan,

Fotomoto;

CafePress;

Fine Art America;

Instaproofs (Instagram lentangizdagi fotolarni oladi).

Bosma rasmlar chiqaruvchi yoki mijoz talabidan kelib chiqib telefon chexollari, yostiqlar kabilarga rasm tushiruvchi mahalliy fotostudiya bilan hamkorlikda ishlashingiz ham mumkin.

Fotolaringizni foto-kitob sifatida qanday sotish mumkin?

O‘zingiz olgan fotolardan foydalanib foto-kitoblar yaratib, ularni internetda sotishni o‘rganishingiz ham mumkin.

Foto-kitoblar fotografiyaga asoslangan moddiy mahsulotlarning biri bo‘lib, ulardan istalgan kofe stolini to‘ldirib turish uchun foydalanish mumkin. Kolleksiyangizdagi rasmlar mavzu va usul jihatidan qanchalik bir-biri bilan bog‘langan bo‘lsa, sifatli va ma’lum mavzudagi foto-kitobni yaratishingiz hamda o‘z kichik san’at asaringizni internetda pullashingiz shuncha oson bo‘ladi.

Foto-kitoblarni mijoz buyurtmasidan kelib chiqib, Blurb, Lulu xPress yoki Shutterfly kabi servislardan foydalangan holda yaratish, chop etish va yetkazib berish mumkin.

Faqat buyurtma bo‘lganda chop etish xizmatlaridan katta foyda ko‘rmasangiz-da, bu o‘z mahsulotlaringizga talab qanchalik darajada ekanini bilib olishning riskdan xoli usulidir.

Fotolaringizni servis sifatida qanday sotish mumkin?

Ma’lum tadbirni kadrga muhrlaysizmi, moda fotosessiyalarini olasizmi yoki moddiy buyumlarga rasm chiqarib sotasizmi — professional fotograf sifatida daromad qilishingiz mumkin bo‘lgan ko‘plab usullar mavjud. Quyida o‘z fotolaringizni servis sifatida sotish yo‘llari bilan tanishamiz.

Fiverr yoki Upwork kabi frinlaslerlar katalogida o‘z xizmatlaringizni reklama qilasizmi yoki boshqa promoshn usullaridan foydalansizmi, bundan qat’i nazar rasmlaringizni servis sifatida sotish mahalliy mijozlar bilan ishlashni talab qiladi, chunki o‘z mijozlaringiz bilan yuzma-yuz ko‘rishib ishlashingiz kerak.

Quyidagilarga doim e’tibor bering:

  • Doim yoningizda biznes kartangiz/tashrif qog‘ozingizni olib yuring — potensial mijoz yo‘lingizdan chiqib qolganda imkoniyatni qo‘ldan bermang.
  • LinkedIn'da profil ochib, uni optimallashtiring va fotograf sifatidagi asosiy vazifangizni aniq ko‘rsating (masalan, Tadbirlar fotografi).
  • Tadbirkorlar va doimiy ravishda tadbir tashkillashtiruvchilar ishtirok etadigan tadbirlarga tez-tez qatnashib turing. Bunday kishilarga qachondir, albatta, professional fotograf xizmati kerak bo‘ladi.
  • Fotograf sifatida shaxsiy brendingizni yarating. Shunda, qachon bo‘lsa ham kimdadir DSLR kameraga ehtiyoj bo‘lganda, ularning xayoliga birinchi bo‘lib aynan siz kelasiz.

Mana, ushbu sondagi maqolamiz orqali siz bilan rasmlarni turli moddiy buyumlarga chiqarib sotish va fotolaringizni servis sifatida pullash usullari bilan tanishdik. Umid qilamizki, yuqoridagi ma’lumotlar siz uchun foydali bo‘ldi va professional fotograf sifatidagi boshlanajak karerangizda ahamiyat kasb etadi.

Turkum maqolalarimizning to‘rtinchi — oxirgi sonida fotograf sifatida internetda pul ishlashning qonuniy asoslari, sohaga oid terminlar va ularning izohlari hamda ko‘p beriladigan savollarga to‘xtalib, mazkur mavzuni yopamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: O‘zbek fotografi xalqaro avtoportretlar tanlovida g‘olib bo‘ldi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!