Internetda rasm sotib pul ishlashni o‘rganamiz! (4-qism)

Internetda rasm sotib pul ishlashni o‘rganamiz! (4-qism)

Internetda rasm sotib, daromad qilish mavzusidagi turkum maqolalarimizning navbatdagi soniga xush kelibsiz. Maqolalarning oldingi soni bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin.

O‘QING: Professional tasvirlar yaratamiz!

Mazkur maqola fotografiya borasidagi postlarimizning eng so‘nggisi bo‘lib, quyida fotolarni onlayn sotishning qonuniy asosi, glossari va ko‘p beriladigan savollarga to‘xtalib o‘tamiz.

Fotolarni onlayn sotishning qonuniy asosi

Internetda rasm sotishni tushunib olish va o‘rganganlaringizni amalda qo‘llash oson emas. Fotolarni sotishga qaratilgan huquq va litsenziyalarni tushunish qiyin bo‘lsa-da, internetda o‘z ishingizni himoya qilish va boshqalar huquqlarini buzmaslik uchun bilishingiz kerak bo‘lgan bir necha shart va tushunchalar mavjud.

Quyida keltiriladigan ma’lumot va tavsiyalar haqiqiy yuridik tavsiya emas, biroq ular sizga mualliflik huquqi va foydalanish shartlari haqida tushunchaga ega bo‘lishingizga yordam beradi.

Fotolarni onlayn sotishda qo‘llaniladigan glossari (so‘zlar ro‘yxati)

Keling, endi rasmlaringizni internet orqali sotmoqchi bo‘lganingizda duch kelishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi atamalar va ularning ma’nosi bilan tanishib chiqsak.

• Tahririyatda foydalanish (ing. Editorial use). Blog, gazeta, jurnallarda va boshqa nashrlarda foydalanish uchun ruxsat.

• Tijorat maqsadlarida foydalanish (ing. Commercial use). Mahsulot yoki xizmatni reklama qilish uchun marketing va reklama sohasida foydalanishga ruxsat.

• Chakana savdoda foydalanish (ing. Retail use). Sotiladigan moddiy mahsulotni yaratishda foydalanishga ruxsat. Bunga fotosurat (yostiqlar, krujkalar va boshqalar) tushirilgan bosma nashrlar, plakatlar va mahsulotlar kiradi.

• Eksklyuziv (ing. Exclusive). Eksklyuziv foydalanish shuni anglatadiki, fotosuratdan faqatgina sizdan litsenziyani sotib olgan kishi foydalanishi mumkin.

• Eksklyuziv bo‘lmagan (ing. Non-exclusive). Eksklyuziv bo‘lmagan foto litsenziyalarni har kim sotib olishi va ishlatishi mumkin. Bunday fotolar odatda eksklyuziv rasmlardan pastroq narxga ega.

• Jamoat mulki (ing. Public domain). Hech qanday cheklovlar yoki mualliflik huquqi bo‘yicha da’volari mavjud bo‘lmagan va tijoriy, tahririy va shaxsiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan rasmlar. AQSh federal hukumat idoralari tomonidan yaratilgan asarlar (masalan, NASA), agar aksi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, odatda ushbu toifaga kiradi.

• Creative Commons (ing. Creative Commons). Bunda ko‘rsatilgan cheklovlarga muvofiq ravishda sizning ishingizdan shartli ravishda foydalanishga ruxsat beriladi. Ijodkorga havola berish ba’zan talab qilinadi. Ushbu litsenziya uchun znachokni bepul yaratish uchun Creative Commons'ga tashrif buyuring.

• Mualliflik gonorari to‘lanmaydigan (ing. Royalty free). Boshqalar litsenziyani sotib olishlari va fotosuratdan cheksiz muddat va cheksiz marotaba foydalanishlari mumkin. Bu sotiladigan litsenziyaning eng keng tarqalgan va arzon turi sanaladi, chunki bu fotosuratlar odatda eksklyuziv emas.

• Huquqlar boshqariladigan (ing. Rights managed). Fotosuratdan foydalanish uchun bir martalaik litsenziyani sotib olish. Bunda distribyusiya qilishga doir cheklovlar mavjud. Qo‘shimcha foydalanish uchun qo‘shimcha litsenziyalar sotib olinishi kerak.

• Reklama huquqi (ing. Right of publicity). Fotolaringizda aks etgan sub’yektlar (odamlar) ma’lum huquqlarga ega, ayniqsa, ular ishtirok etgan rasmlarni internetda tijoriy maqsadlar uchun sotayotganingizda. Bu yuqoridagi mualliflik huquqi masalalaridan alohida mavzu bo‘lib, bunday rasmlarni sotishda sub’yektlardan ruxsat olishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Mualliflik huquqi va litsenziyalashga doir qonunlar uchun amaldagi qonunchilikka murojaat qiling yoki stok-foto saytlar foydalanish shartlari bilan tanishib chiqing.

Kimdir sizning rasmingizni o‘g‘irlab olsa nima qilish kerak?

Kontent borasida kimningdir ishini o‘ziniki qilib olish juda keng tarqalgan. Lekin ko‘pchilik buni o‘zi bilmagan holda amalga oshiradi.

O‘z fotolarini ma’lum darajada himoyalash uchun fotorgaflar, odatda, shaffof belgi (ing. watermark; rus. vodyanoy znak) dan foydalanadi. Agar siz ham fotolaringizni kim bilandir ulashmoqchi yoki onlayn sotmoqchi bo‘lsangiz, Photoshop yoki shaffof belgi generatoridan foydalaning.

Shaffof belgini rasm chetiga joylashtirmang, chunki buni kesib tashlash mumkin. Yaxshisi, shaffoflik darajasini kamaytirgan holda, belgini butun rasm bo‘ylab diagonaliga joylashtirib chiqing.

Dueyn Jonsonning shaffof belgili rasmi. Foto: Dreamstime

Lekin shunda ham kimdir sizning ishingizdan foydalanishda davom etsa-chi? Ularga bu ishni to‘xtatishni so‘rab yozma murojaat yo‘llang. Yoki qoidabuzarga fotoyingizdan foydalangani uchun invoys jo‘natng. Har ikkalasini qilish esa eng samarali usul hisoblanadi. Shunda, qoidabuzar oldida yoki rasm uchun pul to‘lash yoki rasmni butunlay olib tashlash tanlovi qoladi.

Ko‘p beriladigan savollar

  • Fotolarni sotishning eng yaxshi usuli qaysi?

Internetda rasmlarni sotishning eng yaxshi usuli ularni uchinchi tomon saytlari, masalan, iStockPhoto, Dreamstime, Shutterstock yoki 123RF kabilarda stok-foto sifatida sotishdir. Ushbu saytlarda rasm sotish tez, oson va hamyonbop.

  • Rasmlarimni qayerda sotsam bo‘ladi?

1. O‘zingizning shaxsiy saytingizda
2. Alamy
3. 500px
4. Shutterstock
5. iStockPhoto
6. Dreamstime
7. 123RF
8. Etsy
9. Adobe Stock
10. Depositphotos
11. EyeEm

  • Stok fotografiyadan qanday pul topish mumkin?

Stok fotolar sayti yoki stok agentligi siz yuklagan rasmlarni yuqori narxda va eksklyuziv ravishda sotadi. Agentlik alohida rasmlarni mijozga litsenziyalab beradi va belgilangan narxda ularni sotadi. Siz esa bundan mualliflik gonorarini olasiz.

Mana, shunday qilib fotografiyaga doir turkum maqolalarimiz ham o‘z nihoyasiga yetdi. Umid qilamizki, keltirilgan ma’lumotlar siz uchun foydali bo‘ldi. Foydali kontent uchun bizni kuzatib boring.

O‘QING: Mobil fotografiya tanlovida 2013 yilgi smartfon sovrindor bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!