Internetda sirli Galaxy smartfonlari sertifikatlari paydo bo'ldi!

Internetda sirli Galaxy smartfonlari sertifikatlari paydo bo'ldi!

Hammaning e'tibori tez kunda taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy S23 smartfonlarida bo'lgan bir paytda, Internetda bir nechta Galaxy smartfonlari Bluetooth SIG va Hindiston Standartlari Byurosi sertifikatlarini olganligi payqab qolindi, deya xabar bermoqda SamMobile. Qizig'i shundaki, ular K seriyasidagi model raqamlariga ega.

Ma'lum bo'lishicha, SM-K748U model raqamli Samsung smartfoni Bluetooth SIG va Hindiston Standartlari Byurosi sertifikatlarini olgan. Model raqamidan tashqari sertifikatda qurilma Bluetooth 5.3 texnologiyasiga ega ekanligi ma'lum bo'ldi.

Aytish kerakki, bu K seriyasida Bluetooth sertifikatini olgan yagona smartfon emas: SM-K741B va SM-K746B model raqamli smartfonlarning ham sertifikatlari Hindiston Standartlari Byurosi veb-saytida paydo bo'lgan. Ular haqida 5G ekanligidan boshqa ma'lumotlar mavjud emas.

Bu Internetda K seriyasida paydo bo'lgan ilk Samsung smartfonlari hisoblanadi, lekin shuni untmaslik kerakki, ba'zida Samsung o'zining yangi mahsulotlarini turli model raqamlari bilan yashiradi va bu qurilmalar oxir-oqibat Galaxy S23 smartfonlari bo'lib chiqsa hayron bo'lmaslik kerak.

O'QING: Xiaomi bilan orzuingizdagi smartfoningizni yasang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!