Internetda tarqalgan videolar sabab qancha ichki ishlar xodimiga chora ko‘rildi?

  •   DiMaX
  •  315
  •  04.02.2021 15:51

Internetda tarqalgan videolar sabab qancha ichki ishlar xodimiga chora ko‘rildi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aks etgan holatlar yuzasidan tegishli idoralar chora ko‘rib kelishmoqda. AOKAdagi matbuot anjumanida IIV kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Avazbek Inamov bu haqda bir qator raqamlarni ma’lum qildi.

O‘QING: RASMIY IZOH: IIV xodimlarini suratga yoki videoga olib, internetga chiqarish mumkinmi?

«Ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi salbiy holatlar aks ettirilgan 201 ta videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan.

Kadrlar bosh boshqarmasi hamda O‘zxavfsizlik bo‘linmalari bilan hamkorlikda har bitta holat bo‘yicha tekshirish o‘tkazib, 87 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Shundan 8 nafari ichki ishlar tizimidan bo‘shatilgan. 20 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shu o‘rinda, 201 ta videorolikdan 84 ta holatda xodimlar aybi tasdiqlanmagan va 22 ta holat bo‘yicha fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik, 9 ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan».

O‘QING: «Videolaringni TikTok’da tarqataman!» – Samarqandda tovlamachi qo‘lga olindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!