Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1817
  •  11.08.2020 15:59

Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

Biz salgina oldin smartfon orqali onlayn audio (musiqa, qo‘shiq, audiokitob, ovozli xabar...) tinglaganda necha megabayt ketishi haqida ma’lumot chiqargan edik. Endi esa internetdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri video tomosha qilganda xarj etiladigan trafik hajmiga ham nazar solamiz.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

Videoni striming qilish audiodan ko‘ra ancha ko‘p trafik talab qilishini bilamiz, lekin uning hajmi ham o‘sha rolikni ko‘rish rejimiga bog‘liq. Android Authority nashri tajriba qilib aniqlashicha, roliklarni turli sifat rejimlarida ko‘rishda quyidagicha megabayt sarflanadi:

  1. 240p yoki 360p rejimida — soatiga 300 MB;
  2. 480p rejimida — soatiga 700 MB;
  3. 720p rejimida — soatiga 900 MB;
  4. 1080p rejimida — soatiga 300 1,5 GB;
  5. 2K rejimida — soatiga 3 GB:
  6. 4K rejimida — soatiga 7,2 GB.

Android Authority jamoasi buni hisoblashda qisman Netflix servisida sarflanayotgan trafik hajmiga asoslangan. Tabiiyki, yuqoridagi raqamlar hamisha bir xil emas, balki bu – o‘rtacha ko‘rsatkichlardir.

Nima bo‘lganda ham, yuqoridagi ma’lumotlar sizga video tomosha qilishda trafik limitingizga mos rejimni tanlashingiz uchun asqotadi.

O‘QING: YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!