Internetda yangi Xiaomi smartfonining surati paydo bo‘ldi

Internetda yangi Xiaomi smartfonining surati paydo bo‘ldi

Xiaomi 12 zamonaviy standartlar bo‘yicha juda ixcham flagman smartfon bo‘lib chiqqaniga qaramay, Xiaomi 12 mini qurilamasiga oid mish-mishlar yo‘qolmadi. 

Bugun internetda ushbu smartfonning surati paydo bo‘ldi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, u avvalroq taqdim etilgan Xiaomi 12 va 12 Pro smartfonlariga umuman o‘xshamaydi. 

Hozircha smartfonning texnik jihatlari hamda o‘lchamalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Xiaomi 12 modeli 6.28 dyuymli displeyga ega ekanligini hisobga olsak, Xiaomi 12 mini modeli 6 dyuymdan kichik displey bilan jihozlanadi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, smartfon suratini e’lon qilgan insayder haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuning uchun, ushbu smartfon haqida biror narsa deyishga hali vaqt bor. 

O‘QING: iPhone SE 2022 yuqori sifatli renderlarda namoyish etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.