Internetdagi eng vahshiyona videolar sayti yopildi

  •   DiMaX
  •  1693
  •  08.05.2021 13:32

Internetdagi eng vahshiyona videolar sayti yopildi

O‘n besh yillik faoliyatidan so‘ng LiveLeak sayti yopilgani haqida uning asoschisi Xeyden Xyuitt (Hayden Hewitt) xabar berdi. Ushbu resurs mudhish holatlar aks etgan videoroliklarni senzurasiz e’lon qilib kelayotgani bilan mashhur edi.

O‘QING: Eng asabni o‘ynovchi saytni yaratishdi – bir kirib ko‘rmaysizmi?

Senzurasiz videoxosting bo‘lgan LiveLeak portalida qotillik, terrorchilik harakatlari va boshqa zo‘ravonlik turlari aks ettirilgan lavhalar joylanib kelar edi. Shular ortidan bu resurs ko‘plab tanqidlarga uchrar, uning mualliflari esa sayt haqiqiy hayotni ko‘rsatayotganligi bilan o‘zlarini oqlashar edi.

Ta’kidlash o‘rinliki, IShID jangarilari tomonidan amerikalik jurnalist Jeyms Foulining boshi tanasidan judo etilishi lavhasi ham aynan shu videoxostingda e’lon qilingan edi.

LiveLeak sayti yopilganining aniq sababini Xyuitt aytmagan; uning izoh berishicha, keyingi bir necha yil ichida dunyo ham, internet ham ancha o‘zgarib ketgan. Shuningdek, Trigger Warning nomli YouTube-kanaldagi intervyusida u, mazkur saytning ishini ta’minlab turish juda qiyinlashib ketgan. Uning o‘zida ham, jamoaning boshqa a’zolarida ham portal uchun kurashishga kuch qolmagan.

O‘QING: Internetda kimlarni izlash eng xavfli?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!