Internetga ulanish bo'yicha mamlakatlar indeksi

Internetga ulanish bo'yicha mamlakatlar indeksi

Buyuk Britaniyaning Broadbandchoices kompaniyasi o'rtacha internet tezligi, uy uchun keng polosali internet narxi va uni sotib olishga odamlar imkoniyati va 1 Gb mobil internet narxi kabi 10 xil faktorlarga asoslangan holda mamlakatlarning global internetga ulanish indeksi reytingini taqdim qildi.

Ro'yxat dunyo bo'ylab 164 mamlakatlarni o'z ichiga olgan va ular ichida O'zbekiston 75.3 ball bilan 113-o'rinni egallagan. Garchi o'tgan yilgi reytingga qaraganda biroz yuqori ball olgan bo'lsa ham, mamlakatimiz bir pog'ona pastga tushib qolgan.

Ma'lum bo'lishicha, bugungi kunda O'zbekistondagi internetning o'rtacha yuklab olish tezligi 1.8 Mbit/s, o'rtacha yuklash tezligi esa 2.5 Mbit/s bo'lib, bunda 1 GB mobil internet narxi 1.3 dollarni (14 ming so'm atrofida) tashkil qiladi.

Reytingda ballga ko'ra eng birinchi o'rinni Daniya davlati 96.6 bilan, o'rtacha yuklab olish tezligiga ko'ra Lixtenshteyn davlati 75.7 Mbit/s bilan, 1 Gb mobil internet narxi bo'yicha esa Isroil davlati 0.3 dollar bilan egallagan.

Yuqoridagi jadvalda siz keltirilgan faktorlarga ko'ra mamlakatlarni saralab olishingiz yoki qidirib topishingiz ham mumkin.

O'QING: O‘zbekistondagi kiberjinoyatchilik holati haqida ma’lumot berildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!