Internetingiz sekinmi? Google siz uchun Gallery Go ilovasini taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  3246
  •  25.07.2019 11:24

Internetingiz sekinmi? Google siz uchun Gallery Go ilovasini taqdim etdi! (+video)

Qidiruv gigantining Google Photos ilovasi – fotosuratlar bilan ishlash uchun yaxshi dastur. Google endi uning yengillashtirilgan varianti – Gallery Go ilovasini ishga tushirdi.

O‘QING: Google Photos barcha Android-smartfonlarni «qo‘sh kamerali» qiladi!

Gallery Go dasturi interneti sekin bo‘lgan hududlardagi foydalanuvchilarga o‘z fotosuratlarini tahrirlash, ular ustida ishlash imkonini beradi.

Oddiy Google Photos kabi, yangi ilova ham rasmlarni tartiblash, avtomatik yaxshilash va filtrlarni qo‘llash uchun mashinaviy ta’limdan foydalanadi. Asosiy farqi shundaki, Gallery Go avtonom rejimda – internetsiz ishlashga mo‘ljallangan va smartfon xotirasida atigi 10 megabayt joy egallaydi.

Mazkur ilovaga bag‘ishlab Google tayyorlagan videoga nigoh tashlaymiz:

Ushbu dasturni Android 8.1 Oreo va undan yuqori talqinlardagi operatsion tizimli qurilmalarga mana bu havola orqali Google Play Store’dan yuklab olish mumkin.

O‘QING: «Love Story» videoroligi kerakmi? Uni sizga Google Photos tayyorlab beradi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!