Internetingizni 98 foizgacha tejovchi Google Chrome’ning tezkor yangi versiyasini hoziroq sinab ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  2068
  •  11.04.2019 15:47

Internetingizni 98 foizgacha tejovchi Google Chrome’ning tezkor yangi versiyasini hoziroq sinab ko‘ring!

Ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan internet-brauzerlarga qo‘yiladigan asosiy talablar qatorida tezkorlik va tejamkorlik eng muhimlaridandir. Ushbu talab desktop kompyuter va noutbuklar, shuningdek mobil brauzerlar uchun ham birdek ahamiyatga molik.

O‘QING: Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun Mint brauzerini taqdim etdi: tezkor, tejamkor, xavfsiz va reklamasiz!

Qidiruv giganti Google Chrome brauzerining 75-versiyasini may oyida ommaviy taqdim etmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, unda sahifalarni «yalqovchasiga» ko‘rish funksiyasi ham bo‘ladi, bu esa brauzer ishini tezlatishdan tashqari, trafikni ham 98 foizgacha tejaydi.

Chrome ishlab chiquvchilar guruhi rahbari Eddi Osmani (Addy Osmani) xabar qilishicha, «dangasa» rejimida sayt kontenti birdaniga emas, balki foydalanuvchining ko‘rish tezligiga qarab qismlarga bo‘lingan holda kam-kamdan yuklanadi. Shuningdek, foydalanuvchi qaysi saytlar birato‘la yuklanishi, qaysilari esa yangi rejimda – faqat kerakli qismlari bitta-bittalab yuklanib borishini o‘zi belgilaydigan bo‘ladi.

Chrome 75 brauzeri may oyida Windows, Mac, Linux, Chrome OS hamda Android tizimlari uchun rasman taqdim etiladi. Ammo o‘ta qiziquvchilar uning eksperimental – Canary talqinini hoziroq sinab ko‘rish uchun mana bu havola orqali o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Opera Reborn 3: tezkor va bepul VPN, blokcheyn va kriptohamyonga ega ilk brauzerni o‘rnatib oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!