Internetni boshqarish bo‘yicha 4-Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tmoqda

  •   DiMaX
  •  337
  •  15.05.2019 17:49

Internetni boshqarish bo‘yicha 4-Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tmoqda

Bu yil forumning asosiy mavzusi «Markaziy Osiyo imkoniyatlarini kengaytirishda internetni rivojlantirish» deb ataladi. Bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berayotir.

O‘QING: Senatda AKT vazirligi rahbariyatining axboroti tinglandi

Forum har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari, MDH va Yevropadan 200 nafar ishtirokchini o‘zida birlashtiradigan Markaziy Osiyo mamalakatlarida internetni boshqarish siyosati masalalarini muhokama qilish bo‘yicha ochiq maydon hisoblanadi.

Mazkur tadbirda internetni boshqarish sohasi mutaxassislari, vazirliklar, aloqa agentliklari, huquq-tartibot organlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va tijorat kompaniyalari, tadqiqot markazlari vakillari muhokamalarda ishtirok etmoqdalar. Ular kiberxavfsizlik, internet erkinligi va uni muvofiqlashtirish, DNS tarmog‘ini rivojlantirish hamda internetdan foydalanish, shuningdek, internetni boshqarish masalasida global va milliy yondashuvlar borasidagi muammolarni qanday hal etish yuzasidan ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Forum doirasida to‘rtta ishchi guruh alohida tematik mavzular ustida ish olib bormoqdalar va ushbu mavzular asosida Markazi Osiyo uchun siyosiy tavsiyalar shakllantiriladi.

Internetni boshqarish bo‘yicha 4-Markaziy Osiyo forumi O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi birinchi forum sanalib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, EXHTning O‘zbekistondagi ofisi va Qirg‘iziston Respublikasining «Internet siyosatining fuqarolik tashabbusi» jamoat fondi, ICANN, Internet Society, RIPE NCC, Facebook, Kasperskiy laboratoriyasi, IGFSA, UZTELECOM va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.