iOS 11 ushbu iPhone, iPad va ilovalarni “tan olmaydi”

iOS 11 ushbu iPhone, iPad va ilovalarni “tan olmaydi”

Apple’ning kechagina taqdim qilingan iOS 11 mobil platformasi kompaniyaning iPhone 5 va 5C ayfonlari, ya’ni 32 bitli protsessorga ega qurilmalarni va ular uchun ishlab chiqilgan ba’zi ilova va o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Tushunarli tilda aytsak, iPhone 5 va 5C’ga bundan keyin dasturiy ta’minot yangilanishlari ko‘rsatilmaydi. Shuningdek, iPad 4 ham yangilanishlardan uzib qo‘yiladi. Bu — ular o‘chib qoladi, degani emas. Gadjetlar ayni paytdagi jihatlari bilan faoliyat ko‘rsatishda davom etadi.

Shuningdek, Apple’ning so‘nggi — iPhone 7 va iPad kabi 64 bitli protsessorga ega yangi smartfon va qurilmalari iOS 11 tizimiga yangilangach, gadjetlar 32 bitli protsessorlarga mo‘ljallangan ba’zi ilova va o‘yinlarni “o‘qimay” qo‘yadi.

Bunday ilovalarning gadjetingizda bor-yo‘qligini quyidagi amalni bajarib, bilib oling:

Sozlamalar > Umumiy > Haqida > Ilovalar > Ilovalarning muvofiqligi (App Compatibility)

Agar shu yerda 32 bitli rejimda turgan ilova mavjud bo‘lsa, bilingki, u ishlab chiqaruvchi tomonidan yangilanmasa, yangi operatsion tizimda undan foydalana olmaysiz.

iOS 11 Apple’ning A7 protsessoriga ega iPhone 5S’dan keyingi ayfonlarida va 2013 yilda taqdim qilingan iPad Air planshetida ishlaydi.

iOS 11 platformasida ishlaydigan gadjetlar:

iPhone 5s/SE/6/6 Plus/6s/6s Plus/7/7 Plus va keyingi ayfonlar
iPad Pro 10,5/12,9
iPad Air 1/2
iPad mini 2/3/4
iPod touch 6G

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!