iOS 12.1 «sotib qo‘ydi»: Face ID funksiyali iPad Pro shu kuzda chiqadi!

  •   DiMaX
  •  425
  •  20.09.2018 16:12

iOS 12.1 «sotib qo‘ydi»: Face ID funksiyali iPad Pro shu kuzda chiqadi!

Apple kompaniyasi kuni kecha dasturchilar uchun iOS operatsion tizimining 12.1 talqinidagi test versiyasini taqdim etgandi. Ammo o‘z ishining ustalari uning kodini o‘rganib, kupertinoliklar yashirgan boshqa ma’lumotni ham topishdi.

O‘QING: iOS 12 yangilanishi boshlandi: endi eski iPhone’larga ham jon kiradi

Xullasi kalom, operatsion tizim kodini «kavlashtirgan» dasturchilar unda keyingi avlod iPad Pro planshetlarining yaqinda taqdim etilishiga ishora qiluvchi elementlarni topishdi.

Proshivka kodidagi iPad2018Fall havolasi 2018 yilda chiqarilayotgan iPad Pro’ni anglatadi. Bundan avvalgi – iOS 12 talqinidagi proshivka kodida esa faqat iPhone2018Fall tilga olingan edi – u yaqinda taqdim qilingan ayfonlarga ishoradir. Demak,  Apple o‘zining yangi planshetlarini ham shu kuzning o‘zidayoq rasman namoyish etmoqchi.

O‘QING: Yangi iPad Pro orqasida sirli «tirqish» bor... (+«jonli» surat)

Bundan tashqari, koddan ma’lum bo‘lishicha, iPad Pro planshetlarining gorizontal rejimida foydalanuvchini yuzidan tanib qulfni ochuvchi Face ID funksiyasi ham amal qiladi.

Aftidan, kupertinoliklar yangi iPad Pro hamda noutbuklarini oktyabr oyidagi alohida matbuot anjumanida taqdim etishmoqchi. Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, planshetlar ekran o‘lchamiga ko‘ra ikki xil – 11 va 12,9 dyuymlik bo‘ladi. Ular xuddi iPhone X singari romsiz hamda Touch ID – barmoq izi skanerisiz, ammo Face ID bilan ta’minlanadi.

O‘QING: iPhone, iPad yoki iPod’ga yangi – iOS 12 o‘zi kelmasa, proshivkani yuklab olib yangilash uchun tayyor havolalar bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!