iOS 12 hamda macOS Mojave himoyasini buzish yo‘lini Google xodimi ko‘rsatib berdi!

  •   DiMaX
  •  933
  •  06.02.2019 11:05

iOS 12 hamda macOS Mojave himoyasini buzish yo‘lini Google xodimi ko‘rsatib berdi!

Google kompaniyasidagi Project Zero jamoasi xodimi Yan Bir yaqinda qiziq ma’lumot e’lon qilgan. Mazkur mutaxassis Apple’ning ayrim operatsion tizimlaridagi himoyani buzishga yordam beruvchi «tirqish»ni topgan.

O‘QING: iPhone himoyasini buzish yo‘li topildi! Undan qanday himoyalanishni o‘rganib qo‘ying! (+«jonli» video)

Mazkur «tuynuk» yordamida iOS 12.1.2 hamda macOS Mojave 10.14.2, shuningdek bu tizimlarning oldingi versiyalari himoyasini buzib kirish mumkin. Yan Bir topgan ushbu bag iOS va macOS’ning keyingi talqinlarida bartaraf etilgan.

Lekin xakerlar Google xodimi e’lon qilgan ma’lumotlardan foydalanib, iOS 12’da ishlovchi Apple smartfonlari va planshetlari uchun jeylbreyk tayyorlay oladilar. To‘g‘ri, uni ishlatish uchun iPhone va iPad egalari o‘z qurilmalarini yangilamasliklari kerak bo‘ladi.

Yan Bir avval ham iOS himoyasidagi zaifliklar haqidagi tafsilotlarni oshkor etgan. Masalan, u aniqlagan eksployt asosida iOS 11 uchun jeylbreyk tayyorlangan.

O‘QING: iPhone yoki iPad himoyasini buza olsangiz, 2 million dollar mukofot tayyor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!