iOS 13 yoki iPadOS beta-versiyasini qaysi iPhone va iPad’larga, qanday o‘rnatamiz?

  •   DiMaX
  •  1061
  •  26.06.2019 12:40

iOS 13 yoki iPadOS beta-versiyasini qaysi iPhone va iPad’larga, qanday o‘rnatamiz?

Apple korporatsiyasi iOS 13, iPadOS hamda macOS Catalina operatsion tizimlarining ommaviy versiyalarini iyulning boshida tarqatishga va’da bergandi. Ammo kupertinoliklar belgilangan vaqtni ham kutib o‘tirmasdan, allaqachon ularni o‘rnatish imkoniyatini taqdim etishdi.

O‘QING: Apple iOS 13 operatsion tizimi taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Public beta talqinini o‘rnatish uchun bir nechta harakat hamda biroz vaqt (tabiiyki, internet ulanmasi ham) kerak bo‘ladi. Lekin avval ularning qaysi rusumlardagi Apple qurilmalariga mos kelishiga nazar solamiz.

iOS 13 operatsion tizim talqinigacha yangilanuvchi iPhone modellari:

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Apple planshetlari uchun maxsus ishlab chiqilib, yangi taqdim etilgan iPadOS operatsion tizimigacha esa quyidagi iPad’larni yangilash mumkin:

  • 5-avlod iPad’lar
  • 6-avlod iPad’lar (Sotib olish)
  • iPad Pro 12.9
  • iPad Pro 11
  • iPad Pro 10.5
  • iPad Pro 9.7
  • 4-avlod iPad mini modellari (Sotib olish)
  • 5-avlod iPad mini planshetlari
  • 2-avlod iPad Air’lar
  • 3-avlod iPad Air’lar

O‘QING: iPhone va iPad’lardagi YouTube ilovasida reklamadan qutulishning bepul usuli

Yuqoridagi qurilmalarga iOS 13 hamda iPadOS beta-versiyalarini o‘rnatish usuli

DIQQAT: Yangilanishni o‘rnatishdan avval albatta tizimning zaxira nusxasini yarating va boshqa qurilmada (kompyuterda) saqlab qo‘ying. Shundagina, agarda qurilmangizga apdeyt yaxshi tushmasa, iOS 12.4 tizimiga qaytishingiz va barcha ma’lumotlaringizni tiklashingiz mumkin bo‘ladi. Buni esa iTunes yordamida, yoki qurilmangizdagi Sozlamalar → Apple ID → iCloud orqali amalga oshirasiz

YoDDA TUTING: iPhone yoki iPad’ingiz ustida qiladigan har qanday amalingiz natijasi uchun faqatgina o‘zingiz javobgar bo‘lasiz. iOS 13 yoki iPadOS beta-talqinini o‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar uchun nafaqat Terabayt.uz sayti, balki hatto Apple’ning o‘zi ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

Baribir yangilab ko‘rishga qaror qilgan bo‘lsangiz, tizimning zaxira nusxasini yaratib saqlab qo‘ygach, Apple rasmiy beta-sinov saytiga mana bu havola orqali o‘ting. Shu yerdagi «Zaregistrirovatsya» degan joyini bosib, o‘z qurilmangizda qo‘llanilayotgan Apple ID akkauntingiz ma’lumotlarini kiriting.

Endi qurilmangizdagi Safari brauzeri orqali https://beta.apple.com/profile manziliga o‘tib, profilni yuklab oling.

Keyin «Nastroyki» → «Osnovnie» → «Profil» bo‘limiga kirib, «iOS 13 & iPadOS 13 Beta Software Profile» bandini tanlang va «Ustanovit»ni bosing. Himoya kodini kiritib, bu harakatingizni tasdiqlang.

So‘ng smartfon/planshetni o‘chirib-yoqing, keyin esa «Nastroyki» → «Osnovnie» → «Obnovleniye PO» bo‘limiga kirib, yangilanishning beta-versiyasini o‘rnatishni boshlang.

Oxirida devaysingizni yana bir marta o‘chirib-yoqasiz va olam guliston!

O‘QING: Kuzda taqdim etilayotgan iPhone XR 2 – bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!