iOS 14 hamda iPadOS 14 yakuniy versiyada chiqdi: ularga yangilanuvchi iPhone va iPad‘lar ro‘yxatlari

  •   DiMaX
  •  883
  •  19.09.2020 12:13

iOS 14 hamda iPadOS 14 yakuniy versiyada chiqdi: ularga yangilanuvchi iPhone va iPad‘lar ro‘yxatlari

Apple korporatsiyasi WWDC 2020 tadbiri doirasida – 22 iyun kuni iOS 14 operatsion tizim talqinini namoyish etgandi. Bundan tashqari, kompaniya o‘shanda iPad planshetlari uchun iPadOS 14 operatsion tizimini ham taqdim qilgan. Lekin har ikkala tur devayslar uchun bu tizimlarning yakuniy versiyalarini endi tarqata boshladi.

O‘QING: Qoyilmisiz: iPhone tutganlarni ishdan bo‘shatishyapti!

O‘tgan yili iOS 13 operatsion tizim talqinigacha yangilangan barcha ayfonlar yangi – iOS 14 versiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning aniq ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. iPhone 11
  2. iPhone 11 Pro
  3. iPhone 11 Pro Max
  4. iPhone XR
  5. iPhone XS
  6. iPhone XS Max
  7. iPhone X
  8. iPhone 8
  9. iPhone 8 Plus
  10. iPhone 7
  11. iPhone 7 Plus
  12. iPhone 6S
  13. iPhone 6S Plus
  14. iPhone SE (2016/2020)

O‘QING: iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

Kupertinoliklarning planshetlari uchun iPadOS 14 operatsion tizimiga esa quyidagi aypadlar yangilanadi:

  1. iPad Pro (barcha modellar)
  2. iPad Air 2
  3. iPad Air 3
  4. iPad 5 (2017)
  5. iPad 6 (2018)
  6. iPad 7 (2019)
  7. iPad Mini 4
  8. iPad Mini 5

Yangi operatsion tizimlar dunyodagi ayfon va aypadlarga bosqichma-bosqich tarqatilyapti. Agar yangilanish mavjudligi haqida smartfon yoki planshetingizga bildirishnoma kelmasa, o‘zingiz tekshirib tursangiz ham bo‘ladi. Buning uchun uning asosiy sozlamalaridagi dasturiy ta’minot yangilanishi bo‘limiga («Nastroyki» → «Osnovnie» → «Obnovleniye PO») kirasiz.

O‘QING: Eng arzon iPad 8 chiqdi: kuchli protsessor, USB-C porti...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!