iOS 14.5 proshivkasi iPhone 12’larning muhim imkoniyatini ochib berdi

  •   DiMaX
  •  819
  •  29.04.2021 09:50

iOS 14.5 proshivkasi iPhone 12’larning muhim imkoniyatini ochib berdi

Apple kompaniyasi kuni kecha o‘zining smartfonlari uchun iOS 14.5, planshetlari uchun iPadOS 14.5 hamda aqlli soatlari uchun watchOS 7.4 operatsion tizimlarini taqdim qildi. Yangi proshivka o‘n ikkinchi avlod iPhone’larning avval ochilmagan qirrasini namoyon etdi.

O‘QING: 2019 yilgi ayfon hatto iPhone 12’lardan ham zo‘r sotilyapti! (2021 yil 1-chorak)

Gap shundaki, iPhone 12 turkumi – kupertinolik gigantning beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi ilk smartfonlaridir. Biroq undagi bitta SIM-karta 5G tarmog‘ida ishlashi uchun ikkinchisini umuman o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lar edi.

iOS 14.5 proshivkasi o‘rnatilganidan so‘ng esa, o‘n ikkinchi avlod ayfonlarda bir vaqtning o‘zida har ikkala SIM-kartada ham 5G tarmoqlaridan foydalanish mumkin bo‘ldi. Mazkur xususiyat standart modeldan tashqari iPhone 12 Pro, iPhone 12 Pro Max hamda iPhone 12 mini smartfonlariga ham tegishli.

Darvoqe, yaqinda biz iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek, ayfon egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: iPhone 13 ekrani kemtigini «jonli» suratlarda iPhone 12’niki bilan solishtirib ko‘ramiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!