iOS 15 hamda iPadOS 15 taqdim etildi: yangilanuvchi iPhone va iPad’lar ro‘yxatlari

  •   DiMaX
  •  803
  •  08.06.2021 09:07

iOS 15 hamda iPadOS 15 taqdim etildi: yangilanuvchi iPhone va iPad’lar ro‘yxatlari

Apple korporatsiyasi dasturchilar uchun bu yilgi Worldwide Developers Conference anjumani – WWDC 2021 tadbirini o‘tkazdi. Unda kupertinolik korporatsiya boshqa mahsulotlari qatori, o‘zining smartfon planshetlariga tarqatiladigan o‘n beshinchi avlod iOS hamda iPadOS operatsion tizimlarini ham namoyish qildi.

O‘QING: 2021 yili taqdim etishga Apple nimalarni tayyorlamoqda?

Shu bilan birga, mazkur proshivkalarni joriy yilning kuzida qabul qiluvchi iPhone hamda iPad modellari ham ma’lum bo‘ldi.

Shunday qilib, iOS 15 operatsion tizimiga quyidagi ayfonlar va iPod Touch yangilanadi:

  1. iPod Touch (7-avlod)
  2. iPhone SE (2016)
  3. iPhone SE (2020)
  4. iPhone 6S
  5. iPhone 6S Plus
  6. iPhone 7
  7. iPhone 7 Plus
  8. iPhone 8
  9. iPhone 8 Plus
  10. iPhone X
  11. iPhone XR
  12. iPhone XS
  13. iPhone XS Max
  14. iPhone 11
  15. iPhone 11 Pro
  16. iPhone 11 Pro Max
  17. iPhone 12
  18. iPhone 12 Pro
  19. iPhone 12 Pro Max
  20. iPhone 12 mini

O‘QING: Apple Watch 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotganini bilasizmi?

iPadOS 15 operatsion tizimi esa kompaniyaning quyidagi planshetlariga tarqatiladi:

  1. iPad mini 4
  2. iPad (5-avlod)
  3. iPad (6-avlod)
  4. iPad (7-avlod)
  5. iPad (8-avlod)
  6. iPad Air 2
  7. iPad Air (3-avlod)
  8. iPad Air (4-avlod)
  9. 9,7 dyuymlik iPad Pro
  10. 10,5 dyuymlik iPad Pro
  11. 11 dyuymlik iPad Pro (1-avlod)
  12. 11 dyuymlik iPad Pro (2-avlod)
  13. 11 dyuymlik iPad Pro (3-avlod)
  14. 12,9 dyuymlik iPad Pro (1-avlod)
  15. 12,9 dyuymlik iPad Pro (2-avlod)
  16. 12,9 dyuymlik iPad Pro (3-avlod)
  17. 12,9 dyuymlik iPad Pro (4-avlod)
  18. 12,9 dyuymlik iPad Pro (5-avlod)

O‘n beshinchi avlod operatsion tizimlarning dasturchilarga atalgan ilk beta-talqinlari allaqachon chiqarilgan, ularning ommaviy versiyalarini esa iyulda sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yakuniy versiyalardagi iOS 15 hamda iPadOS 15 relizi esa kuzga rejalashtirilgan.

O‘QING: Bo‘lar ekan: iPhone 12 xaridori sudda Apple’ni mag‘lub qildi!