iOS 15 hamda iPadOS barchaga tarqatilyapti: qanday o‘rnatib olamiz?

  •   DiMaX
  •  551
  •  01.07.2021 15:13

iOS 15 hamda iPadOS barchaga tarqatilyapti: qanday o‘rnatib olamiz?

Apple korporatsiyasi WWDC 2021 tadbirida o‘z smartfon planshetlari uchun o‘n beshinchi avlod iOS hamda iPadOS operatsion tizimlarini namoyish qilgan edi. Biz mazkur proshivkalarni joriy yilning kuzida qabul qiluvchi iPhone hamda iPad modellari ro‘yxatini ham chiqarganmiz.

O‘QING: HarmonyOS 2.0 hamda iOS 15 ishlash ravonligini «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Rasmiy anonsidan bir oy ham o‘tmay turib, Apple barcha xohlovchilar uchun iOS 15 hamda iPadOS 15 operatsion tizimlarining ilk beta-versiyalarini tarqata boshladi. Uni o‘rnatib olish uchun Safari brauzerida mana bu sahifaga kirib, o‘zingizning Apple ID raqamingizni kiritish orqali beta-test dasturiga qo‘shilishingiz lozim.

Tizimga kirib olgach, yuqori o‘ng burchakdan ochiluvchi menyuda «Enroll Your Devices» bandini tanlashingiz yoki avtomatik yo‘naltirishni kutishingiz kerak bo‘ladi. Keyin esa qurilmangiz turiga qarab iOS yoki iPadOS tizimini tanlaysiz va «Profile Downloaded»ni bosasiz. Ogohlantirish oynasida bu sayt konfiguratsiya profilini yuklashga harakat qilayotgani haqida bildirgi chiqadi, «Allow» orqali uni tasdiqlaysiz.

Shundan so‘ng qurilmangiz sozlamalariga kirib, dasturiy ta’minotni yangilash menyusi orqali operatsion tizimni yuklab olasiz. Uni faollashtirish uchun gadjetingizni o‘chirib-yoqishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Faqat buning hali beta-talqin ekanini hisobga olgan holda, Apple mazkur operatsion tizimlarda kamchiliklar bo‘lishidan ogohlantirgan. Shu boisdan ularni kundalik foydalanayotgan asosiy ayfoningiz yoki aypadingizga o‘rnatmaslik tavsiya etiladi. Har qanday holatda ham, operatsion tizimni yangilashdan oldin qurilmangizdagi barcha ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib, kompyuterda yoki bulutli servisda saqlab qo‘yish lozim.

O‘QING: iPhone egalari norozi: iOS yangilanishi akkumulyatorini «yeb» qo‘ymoqda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!