iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  1632
  •  23.01.2021 15:44

iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati

Avvalroq biz iOS 15 operatsion tizimigacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxatini chiqargan edik. Isroilning nufuzli The Verifier nashri esa ushbu proshivkadan quruq qoladigan Apple gadjetlarini ham e’lon qilgan.

O‘QING: iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

Manbaga ko‘ra, Apple A9 protsessorli ayfonlar iOS 15 talqinigacha yangilanmaydi. Bularga esa quyidagi modellar kiradi:

 

Bulardan tashqari, quyidagi planshetlar ham iOS 15 proshivkasiga yangilanmaydi:

  • iPad mini 4 (2015)
  • iPad Air 2 (2014)
  • iPad 5 (2017)

 

Aytish kerakki, ushbu qurilmalar tegishlicha Apple A8, A8X hamda A9 chipsetlari bazasida ishlaydi.

Yuqoridagi gadjetlarning proshivkasi yangilanishdan to‘xtatilishi apparat ta’minotidagi cheklovlar bilan bog‘liq. Apple shundoq ham aksariyat qurilmalari uchun kamida besh yilgacha apdeytlarni uzatib turibdi.

O‘QING: Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!