iOS 15 va iPadOS 15 haqida ma’lumotlar tarqaldi

iOS 15 va iPadOS 15 haqida ma’lumotlar tarqaldi

Apple 7 iyundan boshlanadigan yillik dasturchilar konferensiyasini o‘tkazmoqchi. Unda esa kompaniya yangilangan iOS 15 va iPadOS 15 operatsion tizmilarini taqdim qilishi kutilmoqda.

O‘QING: Apple o‘zining M1 protsessori bazasida iPad Pro va turfa rangli iMac’lar taqdim etdi

iOS 15 bir necha yangi funksiyalrga ega bo‘lib, ulardan biri foydalanuvchi holatiga qarab turli xil bildirishnoma parametrlarini o‘rnatishga imkon beradi va ushbu parametrlarni qulflangan ekrandan yoki boshqaruv markazidan osongina o‘zgartirish mumkin.

Shuningdek, yangi tizimda “boshqarish“, “ishlash“, “uxlash“ bildirishnomalar rejimi bo‘lib, Siri yordamida ushbu rejimlarni o‘zgartirish mumkin.

Bundan tashqari, foydalanuvchi holatiga qarab, xabarlarga avtomatik javob berish funksiyasi ham qo‘shiladi. Bu avtomatik javob berish funksiyasini yanada takomillashtiradi va faqatgina foydalanuvchi mashina boshqaryotgan vaqt ishlaydi.

WhatsApp bilan raqobatlashish uchun Apple iMessage messenjeriga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Biroq kompaniya bu haqida batafsil ma’lumot bermagan hamda iMessage'dagi o‘zgarishlar iOS 15 tizimida bo‘lish yoki bo‘lmasligi ham noma’lum.

iPadOS 15 haqida so‘z borar ekan, yangi tizim o‘tgan yilgi iOS 14 kabi vidjetlarni bosh ekranga qo‘shish amallarini qo‘llab-quvvatlaydi. Endi iPhone'lar kabi iPad'da ham vidjetlarni bosh ekranning istalgan yeriga qo‘yish yoki barcha ilovalar tarmog‘ini faqat vidjetlar bilan almashtirish mumkin bo‘ladi.

Va nihoyat, iOS 15 hamda iPadOS 15 yangi maxfiylik himoyasiga ega bo‘ladi. Yangilangan maxfiylik himoyasida yangi menyu bo‘lib, ushbu menyu qaysi dastur foydalanuvchini ogohlantirmasdan ma’lumot yig‘ib borayotganini ko‘rsatib boradi.

O‘QING: iPhone 13 ekrani kemtigini «jonli» suratlarda iPhone 12’niki bilan solishtirib ko‘ramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!