iOS 15.4 beta'da endi niqob taqqan holda ham Face ID'dan foydalanish mumkin

iOS 15.4 beta'da endi niqob taqqan holda ham Face ID'dan foydalanish mumkin

Pandemiya boshlanganidan buyon, iPhone'larning Face ID tizimidan foydalanish qiyinlashdi. Buning asosiy sababi esa smartfon datchiklari niqob taqqan shaxsni tanimayotgani edi. Apple keyinchalik ushbu muammoni Apple Watch bilan hal qildi. 

Endi esa Apple Watch'ning keragi yo‘q. Brandon Butch iOS 15.4 beta tizimida Face ID niqob taqqan foydalanuvchini ham taniyotganini aniqladi. Shuningdek, niqob taqqan holda Face ID'ni Apple Pay, App Store hamda uchinchi tomon ilovalari bilan ham ishlatish mumkin. 

Face ID'ni o‘rnatyotganda niqob taqish shart emas. Shuningdek, yangi tizim bilan Face ID'ning ko‘zoynak taqqan foydalanuvchini tanish imkoniyati ham oshadi. 

Hozircha ham niqob ham quyoshga qarshi ko‘zoynak taqqan foydalanuvchilar Face ID'dan foydalanish vaqtida quyoshga qarshi ko‘zoynaklarni yechib qo‘yishlariga to‘gri keladi. Oddiy ko‘zoynaklar bilan esa bunday muammo yuzaga kelmaydi. 

O‘QING: iPhone 13 dizaynidagi 83 dollarlik smartfon qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi