iOS 15.4 chiqarildi

iOS 15.4 chiqarildi

Apple o‘zining iOS va iPadOS 15 operatsion tizimlari uchun to‘rtinchi katta yangilanish, 15.4 versiyani chiqardi. Ushbu yangilanish quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi:

Niqob bilan Face ID - bu yangilanishdagi eng katta o‘zgarishlardan biri bo‘lib, funksiya yordamida iPhone egalari yuzlaridagi niqob bilan ham o‘z smartfonlarini Face ID yordamida qulfdan ochishlari mumkin. Bunda tizim autentifikatsiya qilish uchun sizning ko‘zlaringiz atrofini skanerlaydi. Shunday ekan, bu texnologiya maskangiz bilan bir vaqtda ko‘zoynagingiz bo‘lganda ham ishlayveradi faqat quyoshdan himoya qiluvchi qora ko‘zoynaklar bundan mustasno. Afsuski, bu xususiyat faqat iPhone 12 va undan yangiroq modellarda ishlaydi.

Tap to Pay - o‘tgan oyda iPhone'ni kontaktsiz to‘lov terminaliga aylantiruvchi "To‘lash uchun teging" funksiyasi rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng, iOS 15.4 ushbu funksiyani yoqish API'ini o‘z ichiga oladi. Uchinchi tomon ilovalari bu xususiyatni qo‘llab-quvvatlashni boshlaganidan so‘ng, korxonalar NFC, Apple Pay va boshqalar yordamida kontaktsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun iPhone'dan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

37 ta yangi emojilar - eriyotgan yuz, quvonch ko‘z yoshlari, ID karta, quvvati oz qolgan batareya va boshqa yana turli xil emoji belgilaridan iOS 15.4 yangilanishini qabul qilib, istalgan chatda foydalana olasiz.

Apple Card uchun vidjet - endilikda foydalanuvchilar to‘rtinchi iOS 15 yangilanishini qabul qilib olganlaridan keyin o‘zlarining Apple kartalari balansini, xarajatlarini bir qarashda yangi vidjetda bilan ko‘rib olishadi.

iCloud uchun maxsus domenlar - iCloud Plus obunasini talab qiluvchi bu xususiyat yordamida foydalanuvchilar elektron pochta uchun beshtagacha o‘zlari istagan domen nomlarini yaratishlari mumkin bo‘ladi.

Siri uchun yangi ovoz tanlovi - iOS 15.4 Siri uchun Amerika aksentidan foydalanganda beshinchi ovoz tanlovini ham qo‘shdi. Bundan oldin faqat to‘rtta tanlov mavjud edi. Shu bilan birga Siri endi iPhone XS, XR, iPhone 11 yoki undan yuqori modellar oflayn bo‘lganda ham vaqt va sana haqida ma’lumot bera oladi.

Keychain parollar menejeri uchun izohlar - bu funksiya foydalanuvchilarga Keychain'da saqlanadigan parollari uchun izohlar qoldirish imkonini beradi.

iPadOS 15.4 versiyasida esa bitta sichqoncha yoki trekpad va klaviatura yordamida bir nechta Mac va iPad'larni boshqarish imkonini beruvchi Universal Control xususiyati va boshqalar qo‘shilgan.

O‘z iPhone smartfoningiz yoki iPad planshetingiz uchun iOS 15.4 yangilanishini Sozlamalar > Umumiy > Dastur Yangilanishi orqali yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Apple iPhone'da "terminal" xizmatini ishga tushiradi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.