iOS 15.4 tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

iOS 15.4 tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple 8-mart kuni iPhone SE 5G va iPad Air 5 planshetini taqdim etadigan bahorgi taqdimotda iOS 15.4 tizimining rasmiy versiyasini chiqaradi. 

Yangi proshivkada foydalanuvchilarga iPhone yordamida Mac va iPad'dagi parol bilan himoyalangan veb-saytlar va ilovalarga kirish imkonini beruvchi yangi funksiya paydo bo‘ladi.

Bu shuni anglatadiki, Face ID yoki Touch ID autentifikatsiyasiga ruxsat beruvchi saytlarda foydalanuvchi parolni kiritmasdan iPhone orqali autentifikatsiya qilishi mumkin. 

iPadOS 15.4 proshivkasiga esa klaviatura yorqinligini sozlash funksiyasi qo‘shiladi. Ushbu funksiya orqali Apple Magic klaviaturasining yorqinligini sozlash mumkin. 

Avvalroq iOS 15.4 beta-versiyasida foydalanuvchi niqob taqqan bo‘lsa ham, smartfonni yuz orqali ochish imkoniyati qo‘shilgani ma’lum bo‘lgan edi. Foydalanuvchilar smartfon turli o‘lcham, rang va uslubdagi niqoblar bilan yuzni yaxshi tanib olishini allaqachon tasdiqlashgan. 

O‘QING: iOS 15.4 beta'da endi niqob taqqan holda ham Face ID'dan foydalanish mumkin 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!